Ilhamova Zarnigor Po‘latjon qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqa turizmini rivojlantirishda raqamli marketingdan samarali foydalanish», 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt2533.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Farxod Ozodovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa turizmini rivojlantirishda raqamli marketingdan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm xizmatlari mintaqaviy bozorida mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar samaradorligini oshirishning raqamli marketing asosida turistik xizmatlar bo‘yicha tezkorlik, shaffoflik, ochiqlilik, xavfsizlik va teng huquqlilik tamoyillari takomillashtirilgan;
Xorazm viloyati turizm korxonalari uchun “4P” marketing majmuasining klassik modelini raqamlashtirish asosida turistik korxonalarning daromadlarini va samaradorligini oshirish, turistik brendini shakllantirishga erishish asoslangan;
mintaqaviy turistik marketing platformalaridan turistlar qoniqishi (yuqori 〖(β〗_q≥0,71); o‘rta 〖(0,51≥β〗_q≥0,70); past 〖(0,25≥β〗_q≥0,50)) va turist sodiqligining (yuqori 〖(β〗_s≥0,71); o‘rta 〖(0,51≥β〗_s≥0,70); past 〖(0,25≥β〗_s≥0,50)) darajalarda baholashning ko‘p o‘lchamli usuli taklif etilgan;
mintaqaviy turistik xizmatlar bozorida raqamli marketing vositalaridan foydalanish asosida Xorazm viloyati YaHM hajmining o‘sishini 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa turizmini rivojlantirishda raqamli marketingdan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
turizm xizmatlari mintaqaviy bozorida mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar samaradorligini oshirishning raqamli marketing asosida turistik xizmatlar bo‘yicha tezkorlik, shaffoflik, ochiqlilik, xavfsizlik va teng huquqlilik tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2021-yil 21-avgustdagi “2021-2022-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 83-12-0-Q/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2023-yil 7-noyabrdagi 15-3592-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqaga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar sonini 10-15 foizga oshirish imkonini bergan;
Xorazm viloyati turizm korxonalari uchun “4P” marketing majmuasining klassik modelini raqamlashtirish asosida turistik korxonalarning daromadlarini va samaradorligini oshirish, turistik brendini shakllantirishga erishish bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2021-yil 21-avgustdagi “2021-2022-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 83-12-0-Q/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2023-yil 7-noyabrdagi 15-3592-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etish natijasida turistik firmalar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar 7,8 foizga oshgan;
Taklif etilgan mintaqaviy turistik marketing platformalaridan turistlar qoniqishi (yuqori 〖(β〗_q≥0,71); o‘rta 〖(0,51≥β〗_q≥0,70); past 〖(0,25≥β〗_q≥0,50)) va turist sodiqligining (yuqori 〖(β〗_s≥0,71); o‘rta 〖(0,51≥β〗_s≥0,70); past 〖(0,25≥β〗_s≥0,50)) darajalarda baholashning ko‘p o‘lchamli usuli Xorazm viloyati hokimining 2021-yil 21-avgustdagi “2021-2022-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 83-12-0-Q/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2023-yil 7-noyabrdagi 15-3592-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar salmog‘i 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 1,9 foizga oshgan.
mintaqaviy turistik xizmatlar bozorida raqamli marketing vositalaridan foydalanish asosida Xorazm viloyati YaHM hajmining o‘sishini 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylari Xorazm viloyati hokimining 2021-yil 21-avgustdagi “2021-2022-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 83-12-0-Q/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2023-yil 7-noyabrdagi 15-3592-son ma’lumotnomasi). Mazkur model natijalaridan mintaqada turizmni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.