Xaytboeva Nigora Bakmamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik sanoat korxonalarini rivojlantirishda marketing strategiyasidan foydalanish (Xorazm viloyati misolida)», 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt2527.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Otajonov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xakimov Ziyodulla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoat korxonalarini rivojlantirishda marketing strategiyasidan foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalarida mijozlarga yo‘naltirilgan marketing  strategiyalarini mahsulot xususiyati, raqamli bozor muhiti, raqamli texnologik imkoniyatlari va mijozlar ijtimoiy tabaqalashuv segmentlariga xos bo‘lganlarini qo‘llash asosida talabni shakllantirish asoslangan;
to‘qimachilik korxonalarining strategik marketing salohiyatini oshirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyat bilan bog‘liq marketing MIKS omillari (Fm=60%), strategik rejalashtirish faoliyati bilan bog‘liq omillar (Fs=20%) hamda innovatsion rivojlanish bilan bog‘liq omillar (Fin=20%) o‘rtasidagi optimal nisbat asoslangan;
to‘qimachilik korxonalarining ijtimoiy media marketingiga asoslangan raqamli marketingni amalga oshirish tizimi marketing aralashmasiga moslashuvchan qilib yaratish asosida doimiy mijozlar sonini 16 %ga oshirish taklifi asoslangan;
to‘qimachilik mahsulotlari bozorida raqamli marketing asosida Xorazm viloyatida to‘qimachilik korxonalarning uzoq xorij mamlakatlariga eksportini rivojlanishining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik sanoat korxonalarini rivojlantirishda marketing strategiyasidan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
to‘qimachilik korxonalarida mijozlarga yo‘naltirilgan marketing  strategiyalarini mahsulot xususiyati, raqamli bozor muhiti, raqamli texnologik  imkoniyatlari va mijozlarning ijtimoiy tabaqalashuv segmentlariga xos bo‘lganlarini qo‘llash asosida talabni shakllantirish bo‘yicha asoslangan takliflar “Urganch Bahmal” MChJ, “Khorezm-Teks” MChJ va “Xorazm gilamlari” MChJlar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 27- noyabrdagi 03/06-2932-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida “Urganch Bahmal” MChJning mahsulot sotishdan tushgan tushumi 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 5 foizga, “Khorezm-Teks” MChJda 11 foizga  va “Xorazm gilamlari” MChJda 7,9 foizga oshgan;
to‘qimachilik korxonalarining strategik marketing salohiyatini oshirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyat bilan bog‘liq marketing MIKS omillari (Fm=60%), strategik rejalashtirish faoliyati bilan bog‘liq omillar (Fs=20%) hamda innovatsion rivojlanish bilan bog‘liq omillar (Fin=20%) o‘rtasidagi aniqlangan optimal nisbatlardan Xorazm viloyatidagi “Urganch Bahmal” MChJ, “Khorezm-Teks” MChJ va “Xorazm gilamlari” MChJlar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 27-noyabrdagi 03/06-2932-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida Xorazm viloyatidagi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo korxonalarning yangi ishlab chiqarish quvvatlari 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 5,6 foizga oshirishga erishilgan;
to‘qimachilik korxonalarining ijtimoiy media marketingiga asoslangan raqamli marketingni amalga oshirish tizimi marketing aralashmasiga moslashuvchan qilib yaratish asosida doimiy mijozlar sonini oshirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo “Urganch Bahmal” MChJ, “Khorezm-Teks” MChJ va “Xorazm gilamlari” MChJlar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 27-noyabrdagi 03/06-2932-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida 2022-yilda 2021-yilga nisbatan “Urganch Bahmal” MChJ, “Khorezm-Teks” MChJ va “Xorazm gilamlari” MChJlarning doimiy mijozlar soni mos ravishda 15,4 foiz, 12,7 foiz va 16 foizga oshgan;
to‘qimachilik mahsulotlari bozorida raqamli marketing asosida Xorazm viloyatida to‘qimachilik korxonalarning uzoq xorij mamlakatlariga eksportini rivojlanishining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 27- noyabrdagi 03/06-2932-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida Xorazm viloyatida to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qariyb 50 mln. AShQ dollari miqdorida yangi investision loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish