Mirzoev Behzod Shamsiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Davlat moliyaviy nazorati tizimida samaradorlik auditini rivojlantirish yo‘nalishlari, 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2469.
Ilmiy rahbar: Ostonokulov Azamat Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Rajabboy Davletboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimiz davlat moliyaviy nazorati tizimida samaradorlik auditini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat moliyaviy nazorati tizimida yaxlit tizimlashtirilgan “resurs – natija” ketma-ketligi asosida samaradorlik auditini o‘tkazish asoslangan;
samaradorlik auditi doirasida nazorat ob’ekti faoliyati natijalari hamda resurslar sarfini miqdor va sifat jihatidan besh bosqichda baholash taklif etilgan;
ilk marotaba davlat sektorida samaradorlik auditining yakuniy bosqichida hisobotni rasmiylashtirishning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqilgan;
samaradorlik auditi xulosalarini auditning tashkiliy, asosiy va yakuniy bosqichlarida auditning maqsadlari, baholash mezonlari hamda o‘tkaziladigan audit tadbirlarini yaxlit, o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash asosida shakllantirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat moliyaviy nazorati tizimida samaradorlik auditini rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat moliyaviy nazorati tizimida samaradorlik auditini tashkil etish va o‘tkazishning yaxlit tizimlashtirilgan mexanizmi, ya’ni, “resurs – natija” ketma-ketligi asosida samaradorlik auditi o‘tkazilishini ta’minlash zarurligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi ichki auditi xizmati faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 28 martdagi 04/23-925-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning vazirlik ichki auditi xizmati faoliyatida amaliyotga joriy etilishi samaradorlik auditi oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishda audit vositalaridan, usullaridan, axborot manbalaridan unumli foydalanish hamda sifatli audit o‘tkazilishiga xizmat qildi;
samaradorlik auditi doirasida audit ob’ekti faoliyati samaradorligini baholash maqsadida taklif etilgan asosiy baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi ichki auditi xizmati faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 28 martdagi 04/23-925-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan samaradorlik auditining asosiy baholash mezonlari taklifi, vazirlik ichki auditi xizmati tomonidan audit ob’ekti faoliyati samaradorligini baholashda qo‘llanilmoqda. Mazkur asosiy baholash mezonlari audit ob’ekti faoliyatida, rejalashtirilgan natijalarga erishilganligini hamda rejalashtirilgan mavjud resurslarning samarali sarflanganligini to‘g‘ri baholashga, resurslardan foydalanishda, resurslar sarfini, haqiqatda amalga oshirsa bo‘ladigan va taqqoslash mumkin bo‘lgan loyihalar bilan solishtirish orqali, audit ob’ekti faoliyatida muqobilliklar va boy berilgan imkoniyatlar mavjudligini tahlil qilishga hamda rejalashtirilgan natijalarga erishishda resurslarning etarliligini to‘g‘ri baholashga imkoniyat yaratdi hamda vazirlik ichki auditi xizmati xodimiga audit ob’ekti faoliyati samaradorligi to‘g‘risida ishonchli xulosa chiqarishga xizmat qildi;
samaradorlik auditining yakuniy bosqichida hisobotni va mavjud resurslardan samarasiz foydalanish to‘g‘risida xulosalarni shakllantirish, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etishga oid talab, taklif va tavsiyalarni tayyorlashning tavsiya etilgan namunaviy shakli taklifi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi ichki auditi xizmati faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 28 martdagi 04/23-925-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif vazirlik ichki auditi xizmati tomonidan samaradorlik auditi hisobotini tayyorlashda hamda xulosalarni shakllantirishda qo‘llanilmoqda. Natijada ichki audit xizmati xodimiga mavjud resurslardan samarasiz foydalanish to‘g‘risidagi hisobotni va umumiy xulosani shakllantirish doirasida, resurslardan samarasiz foydalanish sabablari, ya’ni ishlab chiqilgan samaradorlik auditining baholash mezonlaridan aniqlangan haqiqiy holatlarning farqlariga aniqlik kiritish imkoniyatini berdi. Samaradorlik auditi doirasida resurslarni rejalashtirish, taqsimlash, foydalanishni nazorat qilish va boshqa jarayonlarda muammolar mavjudligi to‘g‘risida yaxlit xulosalarni shakllantirishga xizmat qildi. Samaradorlik auditi natijalariga asosan nazorat ob’ektining rejalashtirilgan natijalarga erishish yoki sarflangan resurslar miqdorini oshishiga ta’sir ko‘rsatgan qonunbuzarliklar va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish, muqobil resurslarni va resurslardan foydalanish usullarini tanlash, tegishli sohadagi muammolarni hal qilish yuzasidan takliflarni va tavsiyalarni ishlab chiqishga zamin yaratdi;
samaradorlik auditining maqsadi (maqsadlari), savollari, baholash mezonlari, samaradorlik auditining alohida tadbirlari, natijalari, xulosalari, talablari hamda samaradorlik auditi natijalari bo‘yicha takliflar (tavsiyalar) o‘zaro bog‘liqligi sxemasi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi ichki auditi xizmati faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 28 martdagi 04/23-925-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif vazirlik ichki auditi xizmati tomonidan samaradorlik auditini o‘tkazishda keng qo‘llanilib, natijada vazirlik ichki auditi xizmati xodimiga samaradorlik auditini tashkil etishda va o‘tkazishda auditning barcha bosqichlarida, ya’ni tashkiliy, asosiy va yakuniy bosqichlarida auditning aniq maqsadini, savollarini, baholash mezonlarini shakllantirishga hamda samaradorlik auditi doirasida o‘tkaziladigan audit tadbirlari to‘g‘risida yaxlit tasavvurga va ma’lumotga ega bo‘lish imkonini berdi hamda sifatli audit o‘tkazilishiga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish