Kulliev Istam Yangimurodovichning
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining jismoniy shaxslarni kreditlash metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 28.04.2016/B2016.2.I689.
Ilmiy maslahatchi: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklarining jismoniy shaxslarni kreditlash metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklarida chakana kreditlar bahosini shakllantirishda bozor risklari bo‘yicha 1 foizgacha va operatsion risk bo‘yicha 0,5 foizgacha ustamani hisobga olish zarurligi asoslangan;
tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha yuzaga kelgan muammoli kreditlarni chakana kredit mahsulotlari kesimida 1 foizgacha va bank xizmat ko‘rsatish markazlari kesimida 3 foizgacha limit joriy etish taklif etilgan;
tijorat banklarida jismoniy shaxslarni kredit to‘loviga layoqatliligini baholashning dastlabki bosqichida kredit risklarini minimallashtirishning uch bosqichli kredit-skoring tizimi taklif etilgan;
bankning chakana mijozlar bazasidan «yaxshi» mijozlar guruhini sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib doimiy shakllantirib borish orqali ushbu toifidagi mijozlarga «ma’qullangan kredit» xizmatini joriy etish taklif etilgan;
banklarning chakana kredit mahsulotlarini taqdim etishda boshlang‘ich badalga nisbatan moslashuvchan shartlardan foydalanib, avtokreditlar bo‘yicha boshlang‘ich badalni 30 foizdan 10 foizga tushirish orqali kreditlash hajmini oshirish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyoti va metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida chakana kreditlar bahosini shakllantirishda bozor risklari bo‘yicha 1 foizgacha va operatsion risk bo‘yicha 0,5 foizgacha ustamani hisobga olish taklifi AT «Xalq banki» Boshqaruv yig‘ilishining 2023 yil 28 apreldagi 45/3-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan «Xalq banki kreditlash tartibi»ni va AT «Aloqabank» Kuzatuv Kengashining 2022 yil 6 apreldagi 17-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan 756-sonli «Aktivlar va passivlarni boshqarish siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Aloqabank»ning 2023 yil 16 iyundagi № 25-04/2098-son ma’lumotnomasi, AT Xalq bankining 2023 yil 16 avgustdagi № 24-23/1419-son ma’lumotnomasi). Natijada sof foizli marja ko‘rsatkichi 2022 yil yakuni bo‘yicha AT «Aloqabank» 4,3 foizni va AT Xalq bankida 4,4 foizni tashkil etgan;
tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha yuzaga kelgan muammoli kreditlarni chakana kredit mahsulotlari kesimida 1 foizgacha va bank xizmat ko‘rsatish markazlari kesimida 3 foizgacha limit joriy etish taklifi AT «Xalq banki» Boshqaruv yig‘ilishining 2023 yil 28 apreldagi 45/3-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan «Xalq banki kreditlash tartibi»ni va AT «Aloqabank» Boshqaruv yig‘ilishining 2021 yil 2 avgustdagi yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Jismoniy shaxslarni kreditlash to‘g‘risida»gi tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Aloqabank»ning 2023 yil 16 iyundagi № 25-04/2098-son ma’lumotnomasi va AT Xalq bankining 2023 yil 16 avgustdagi № 24-23/1419-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida AT «Aloqabank»da muammoli va muddati o‘tgan kreditlarni kamayib aktivlar sifati oshirildi hamda bankning chakana kredit portfeli bo‘yicha muammoli qarzdorlik hajmi 2023 yil 1 iyun holatiga 46,3 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘tgan 2022 yil 31 dekabr holatiga (50,8 mlrd.so‘m) nisbatan 9 foizga kamayishiga erishilgan. Ushbu taklifning AT Xalq bankida joriy etilishi natijasida, bankning 2023 yil 1 yanvar holatiga jami chakana kredit portfeli bo‘yicha muammoli qarzdorlik ulushi 14 foizdan 7 foizga kamayishiga erishilgan. Shu bilan birga, avtokredit mahsuloti bo‘yicha cheklov o‘rnatilishi natijasida, bankning chakana kredit portfelida muammoli avtokreditlar ulushi 2023 yilda 2,6 foizdan 1 foizga qisqargan;
tijorat banklarida jismoniy shaxslarni kredit to‘loviga layoqatliligini baholashning dastlabki bosqichida kredit risklarini minimallashtirishning uch bosqichli kredit-skoring tizimini joriy etish taklifi AT «Aloqabank» Boshqaruv yig‘ilishining 2023 yil 23 yanvardagi 26-sonli yig‘ilish bayonnomasi 2-ilovasi bilan tasdiqlangan 816-sonli «Jismoniy shaxslarni kreditlash to‘g‘risida»gi tartibi va AT «Xalq banki» Boshqaruv yig‘ilishining 2022 yil 7 martdagi 28/1-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan «Xalq banki kreditlash tartibi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Aloqabank»ning 2023 yil 16 iyundagi № 25-04/2098-son ma’lumotnomasi, AT Xalq banki 2023 yil 16 avgustdagi № 24-23/1419-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif joriy etilishi natijasida AT «Aloqabank»ning chakana portfeli 2021 yilga nisbatan 1,3 barobarga o‘sib, 2022 yil yakunida 2 396,5 mlrd.so‘mni tashkil etgan;
bankning chakana mijozlar bazasidan «yaxshi» mijozlar guruhini sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib doimiy shakllantirib borish orqali ushbu toifidagi mijozlarga «ma’qullangan kredit» xizmatini joriy etish taklifi AT «Aloqabank» Boshqaruv yig‘ilishining 2020 yil 4 dekabrdagi 391-sonli yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Mobil ilova orqali onlayn mikroqarz ajratish to‘g‘risida»gi 643-sonli nizom va 2022 yil 7 martdagi 28/1-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan «Xalq banki kreditlash tartibi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Aloqabank»ning 2023 yil 16 iyundagi № 25-04/2098-son ma’lumotnomasi, AT Xalq bankining 2023 yil 16 avgustdagi № 24-23/1419-son ma’lumotnomasi). Natijada AT «Aloqabank»ning chakana kreditdan foydalanuvchi mijozlari soni 2023 yil 1 yanvar holatiga 80,8 mingtani tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 5,6 mingtaga yoki 7,5 foizga oshishga hamda AT Xalq bankida chakana kreditdan foydalanuvchi mijozlar soni 2023 yil 1 yanvar holatiga 617,5 mingtani tashkil etib 38,8 mingtaga yoki 6,7 foizga o‘sishiga erishilgan;
banklarning chakana kredit mahsulotlarini taqdim etishda boshlang‘ich badalga nisbatan moslashuvchan shartlardan foydalanib, avtokreditlar bo‘yicha boshlang‘ich badalni 30 foizdan 10 foizga tushirish orqali kreditlash hajmini oshirish taklifi AT «Aloqabank» Boshqaruv yig‘ilishining 2023 yil 23 yanvardagi 26-sonli yig‘ilish bayonnomasi 2-ilovasi bilan tasdiqlangan 816-sonli «Jismoniy shaxslarni kreditlash to‘g‘risida»gi tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Aloqabank»ning 2023 yil 16 iyundagi № 25-04/2098-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif joriy etilishi natijasida AT «Aloqabank»ning chakana kredit portfelida avtokreditlar qoldig‘i 2023 yil 1 yanvar holatiga 1 371,7 mlrd.so‘mga etgan va 2022 yilni mos davriga (362,8 mlrd.so‘m) nisbatan 1 008,9 mlrd.so‘mga yoki 3,8 barobarga oshishiga erishildi.