Xalilov Azimjon Solijon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Teleo‘lchov ma’lumotlari to‘g‘riligining tekshirilishi asosida elektr energetika tizimlarining holatini baholash algoritmlarini ishlab chiqish”, 05.05.02 – “Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T1972.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Abdurashid Tuxtasinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Ikromjon Usmonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xamidov Shuxrat Vaxidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektr energetikasi tizimi o‘lchov ma’lumotlaridagi xatoliklarni va qisman kuzatilmaydigan tugunlar mavjudligini inobatga olgan holda elektr energetika tizimi holatini baholash algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dastlabki ma’lumotlardagi keskin farq qiluvchi qiymatlarni bartaraf etgan holda elektr energetikasi tizimi rejim parametrlarini va nazorat kesimlarida quvvat oqimlarini baholash usuli to‘liq kuzatilmaydigan tugunlar mavjudligini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
elektr uzatish liniyalarida quvvat oqimlarining haqiqiy qiymatlarini bir tomonlama o‘lchov ma’lumotlari mavjudligi sharoitida gorizontal tahlil va o‘rtacha qiymatlar asosida aniqlash imkonini beruvchi matematik model tasodifiy qiymatlarni saralash va tugunlarning quvvat balansini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
dastlabki ma’lumotlarni saralashning korrelyasion tahlil usuli orqali ikki tomonlama o‘lchov qiymatlari asosida xatoliklarni bartaraf etish usuli o‘lchov ma’lumotlarining o‘zaro muvofiqliligini ta’minlagan holda yaratilgan;
ikki tomonlama o‘lchov ma’lumotlarining o‘rtacha qiymatidan foydalanish orqali rejimni hisoblashdagi ketma-ket yaqinlashuv jarayonining yaxshilanishi tugunlarning qisman kuzatilmasligini hisobga olgan holda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektr energetika tizimlarining holatlarini teleo‘lchov ma’lumotlari to‘g‘riligini tekshirish orqali baholash boyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr energetikasi tizimi rejim parametrlarini va nazorat kesimlarida quvvat oqimlarini baholash usuli va elektr uzatish liniyalarida quvvat oqimlarining haqiqiy qiymatlarini aniqlash imkonini beruvchi matematik model Buxoro magistral elektr tarmoqlari filialida O‘zbekiston energetika tizimining holatini baholash bo‘yicha joriy qilingan ("O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari"AJning 2022-yil 12-oktyabirdagi 17-115/2145-sonli ma’lumotnomsi). Natijada elektr uzatish liniyalarida quvvat oqimlarining haqiqiy qiymatlarini hisoblashda aniqlikning oshishi hisobiga 220kV L-B-K tarmog‘ining quvvat uzatish zahirasini baholash aniqligini aktiv quvvat bo‘yicha 7,5% ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
ikki tomonlama o‘lchov qiymatlari asosida xatoliklarni bartaraf etish usuli haqiqiy quvvat oqimlari o‘lchoviga asosan “kirish-chiqish” sxemasi orqali ulanayotgan quvvati 240 MVt bo‘lgan AKSA Buxoro IES AKB-0-ELE-CAL-SS-017-00-00-sonli loyihasi doirasida joriy qilingan ("O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari"AJning 2022-yil 12-oktyabirdagi 17-115/2145-sonli ma’lumotnomsi). Natijada, loyiha jarayonida keskin farq qiluvchi o‘lchov qiymatlarini bartaraf etish, stansiyani bog‘lovchi liniyalari yuklanishini qayta baholash hamda ko‘ndalang kesim yuzasi qayta tanlanishi hisobiga 22 km uzunlikdagi o‘tkazgich materiali sarfidan tejab qolinishi hisobiga kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 112,368 mln. so‘mni tashkil etgan.