Islomova Saidaxon Turg‘unovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lok-bo‘yoq mahsulotlarini tovarlar nomenklaturasi asosida sinflashning ba’zi bir masalalari», 02.00.09–Tovarlar kimyosi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T251.

Ilmiy rahbar: Xamrakulov Gafurjan, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.28.03.2018.K/T.04.02.

Rasmiy opponentlar: Karimqulov Qurbonqul Mavlyanqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Turaev Shavkat Abdikayumovich, texnika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobil` va industriallok-bo‘yoq mahsulotlarini ularning kimyoviy tarkibiga ko‘ra uyg‘unlashgan tizim asosida milliy tovarlar nomenklaturasini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor lok-bo‘yoq mahsulotlarining kimyoviy tarkibidan kelib chiqqan holda amaldagi tovar kodlariga qo‘shimcha tarzda kiritilgan tovar kodlari uchun ularning kimyoviy tuzilishi va tarkibi asosida izohlar tavsifi berilgan;

lok-bo‘yoq mahsuloti turlari uchun tovar kodlarini smola miqdori, rang beruvchi moddalar va erituvchilar tabiati hamda tarkibidagi boshqa kimyoviy moddalarning miqdori asosida belgilashning fizik-kimyoviy usuli ishlab chiqilgan;

lok-bo‘yoq mahsulotlarining tovar holatini belgilovchi organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga muvofiq mazkur mahsulotlarning kod raqamlarini ularning zichligi asosida belgilash aniqlangan;

lok-bo‘yoq mahsulotlarining kod raqamlarini aniqlashda hujjatlarga asoslangan uslubiyatdan tubdan farq qilgan holda mazkur mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlariga muvofiq usul ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Lok-bo‘yoq mahsulotlarining tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi asosida sinflashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

lok-bo‘yoq mahsulotlar uchun tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasiga kiritilgan yangi kod raqamlari bojxona amaliyotiga joriy qilingan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 10 maydagi 05/16-05132-son ma’lumotnomasi). Natijada lok-bo‘yoq mahsulotlarining kod raqamlarini noto‘g‘ri belgilash hisobiga iqtisodiyotga zarar etkazmaslik imkonini bergan;

lok-bo‘yoq mahsulotlarining kod raqamlarini aniqlashda bojxona ekspertizasini amalga oshirish bo‘yicha tezkor usuli bojxona amaliyotiga joriy qilingan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 10 maydagi 05/16-05132-son ma’lumotnomasi). Natijada lok-bo‘yoq mahsulotlarini tezkor va sifatli tahlil qilish imkonini bergan;

ishlab chiqilgan lok-bo‘yoq mahsulotlarining tarkibi bo‘yicha aniqlaydigan mass selektiv detektorli xromatografik usuli bojxona amaliyotiga joriy etilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 10 maydagi 05/16-05132-son ma’lumotnomasi). Natijada lok-bo‘yoq mahsulotlarini kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan;

lok-bo‘yoq mahsulotlarini sifat va miqdoriy jihatdan aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan termogravimetrik usuli bojxona amaliyotiga joriy etilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 10 maydagi 05/16-05132-son ma’lumotnomasi). Natijada bojxona faoliyatida lok-bo‘yoq mahsulotlari ekspertizasi samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish