Raximov Rashid Xaydarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash tizimi konstruksiyasini takomillashtirish bilan ishlash samarasini oshirish” mavzusidagi 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №  B2023.2.PhD/T3677.
Ilmiy rahbar: Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz muxandislik texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Davlat Mustafoevichni, texnika fanlari doktori, professor, t.f.f.d, PhD. Esanov Anvar Axmatovich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalovchi kombinatsiyalangan uskunasining konstruksiyasini takomillashtirish  bilan ishlash samaradorligini oshirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xom ashyosini mayda va yirik iflosliklardan kombinatsiyalangan tozalash uskunasiga  yangi konstruksiyadagi kesma yuzasi olti qirra va aylanali joylashtirilgan, ikki chekkasi konusli kolosnikli panjaraga ega tozalagich ishlab chiqilgan;
arrachali baraban arra tishi sirtidagi paxta bo‘lakchalarini ajratuvchi cho‘tkali barabanga uzatishda urinma bo‘ylab ta’sir qiluvchi kuch orqali cho‘tkaning bir tekisda eyilishida ishlash muddatini oshirishga erishish uchun paxta bo‘lakchasining massasiga, arra tishining qiyalik burchagiga bog‘liqlik tenglamasi ishlab chiqilgan;
paxta oqimini konusli kolosnik sirtidan cho‘tkali barabanga bir tekis uzatishda arrali barabanning burovchi momentini paxta bo‘lakchasining massalarini o‘zgarishi bo‘yicha aniqlash tenglamasi ishlab chiqilgan;
tajribaviy tadqiqotlar natijasida paxtani yirik iflosliklardan tozalash mashinasiga o‘rnatilgan takomillashtirilgan kolosnikli panjaraning ikki yon tomonidan kolosniklarning ichkariga tomon konuslik darajasini va ajratuvchi cho‘tkali baraban podshipnikini gorizontal tekislikka nisbatan o‘rnatilish burchagini chiqindiga paxta bo‘lagini o‘tish miqdorining kamayishiga nisbatan aniqlangan, kolosniklarni panjarada ketma-ket olti qirrali va aylana shaklining o‘rnatilishidan tozalash samaradorligiga ta’siri  ilmiy asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishi natijasida taklif etilgan texnologik mashina ishlab chiqarishga tavsiya etilgan.
takomillashtirilgan paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalashning takomillashtirilgan tizimi Surxondaryo viloyati Xayrabod tumanidagi “Xayrabod ishlab chiqarish” AJ paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan (“Paxta to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 16 oktyabrdagi № 03/22-299 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan tozalagichlar tizimida I-sanoat navida ajralayotgan chiqindi miqdorida paxta bo‘laklari amaldagisidan 4,9 % ga, dastlabki paxtaga nisbatan 0,2 % ga kamaygan, IV-sanoat navida esa 3,7 % va 0,4 % ga kamayishiga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish