Jo‘raev Davron Amir o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mahalliy dag‘al jun tarkibidagi mayda va yirik iflosliklarni tozalash texnologiyasini takomillashtirish”, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2 PhD/T3711
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz muhandislik-texnologiya shnstituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Ilmiy rahbar: Urozov Mustafoqul Qulturaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Avazov Komiljon Raxmatovich texnika fanlari doktori, professor, Axmedov Akmal Axmedovich texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy hodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi junni mayda va yirik iflosliklardan tozalovchi kombinatsiyalangan uskunasining konstruksiyasini takomillashtirish bilan ishlash samaradorligini oshirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy jun tolasini mayda va yirik iflosliklardan tozalashda titish-tozalash uskunasiga tebranuvchan turli yuzaga ega bo‘lgan xomashyo bunkeri ishlab chiqilgan;
jun tolasini titish-tozalash uskunasining ta’minlovchi mexanizmi o‘rnatilgan homashyo bunkerida jun tolasini harakat tezligi, engil iflosliklarni ajralishi, ta’minlovchi valiklar junni bunkerdan olib ketishi va uskunaga uzatish harakati qiymatlari aniqlangan;
jun tolasini titish-tozalash uskunasining ta’minlovchi valigini tola sifatiga ta’siri, qoziqchali baraban tuzilishi, titish jadalligi oshiruvchi xomashyo bunkerining takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
titish-tozalash uskunasining ishlash ketma-ketligi, xomashyo bunkeri, qoziqchali baraban va kolosniklarni tozalash samaradorligi oshishi hamda jun tolasini sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri, ta’minlovchi valiklar yordamida tolani uzluksiz uskunaga uzatilishi, vaqt va energiya sarfining kamayishi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Junni iflosliklardan tozalash uskunasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
jun tolasini iflosliklardan tozalash uskunasi Jizzax viloyatining “Jizzax jun” MChJ korxonasida hamda Surxondaryo viloyatidagi “Hisori mayin jun” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan. (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2023 yil 26 oktyabrdagi № FB-7/3273-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi konstruksiyali junni titish-tozalash uskunasining tozalash samaradorligi mavjud tizimga nisbatan ko‘rilgan jun tolasi navlari bo‘yicha 11,7% dan 17,9% ga, ish unumdorligi 670 kg/h dan 762 kg/h ga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish