Sharipov Armonbek Ergashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Buxoro viloyati sug‘orma erlarining landshaft meliorativ holatiga Amu-Buxoro kanalini ta’sirini o‘rganish (Olot tumani misolida)», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Gr239.
Ilmiy rahbar: Hayitov Yozil Qosimovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Urazbaev Abdukarim Kendirboevich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Rasulov Anvar Baxodirovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Amu-Buxoro kanalini Buxoro viloyati sug‘orma erlarining meliorativ holatiga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Amu-Buxoro kanalini Olot tumani hududidagi gidrologik jarayonlari aniq ko‘rsatkichlar bo‘yicha asoslangan;
hudud tuproqlarining strukturasi, fizik xossalari va kimyoviy tarkibini aniqlash metodikasi zamonaviy usullarda takomillashtirilgan;
Olot tumani hududining 1:250 000 masshtabli landshaft tipologik kartasi, sug‘oriladigan qismining 1:100 000 masshtabli tuproq sho‘rlanishi, er osti suvlari minerallashish darajasi hamda landshaft-meliorativ kartalari yaratilgan;
Amu-Buxoro kanalining foydali ish koeffitsientini oshirish hamda hududning landshaft-meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro viloyati sug‘orma yerlarining landshaft meliorativ holatiga Amu-Buxoro kanalini ta’sirini o‘rganish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Amu-Buxoro kanalini Olot tumani hududidagi gidrologik jarayonlariga oid aniqlangan ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 17-martdagi 03/37-841-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu hududdagi suvlarning kirim va chiqim balansiga aniqlik kiritish imkonini bergan;
Olot tumanining kollektor-zovurlar tizimi bo‘yicha o‘tkazilgan gidrologik baholashlardan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 17-martdagi 03/37-841-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tumanning kollektor-zovurlar tizimidagi noxushliklarni o‘z vaqtida va samarali yechimlarini topish imkonini bergan;
Olot tumani hududidagi sug‘orilayotgan yerlarning suv-tuz muvozanatini aniqlash bo‘yicha berilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 17-martdagi 03/37-841-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu hududning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish imkonini yaratgan;
Olot tumani hududi bo‘yicha ishlab chiqilgan meliorativ kartalardan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 17-martdagi 03/37-841-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘orma dehqonchilik hududlarining meliorativ holatini visual o‘rganish hamda istiqbolda o‘zlashtiriladigan erlarni rejalashtirishni aniqlashtirish imkonini bergan;
Amu-Buxoro kanalining foydali ish koeffitsientini oshirish hamda hududning landshaft-meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 17-martdagi 03/37-841-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suvlardan samarali foydalanish bo‘yicha reja va strategiyani samarali ishlab chiqish imkonini bergan.