Kalilaev Maksetbay Urazbay ulining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Burg‘ulash eritmalari uchun ikkilamchi xomashyolar asosida ko‘pik so‘ndiruvchilarni olish texnologiyasi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T3816.
Ilmiy rahbar: Buxarov Shuxrat Burievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor; Urinov Sobir Nassilloevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi xomashyolar asosida burg‘ulash eritmalari uchun ko‘pikni so‘ndiruvchi aralashmalarni olish va ularni sanoat miqyosida olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘pik balandligining keskin o‘sishi kuzatiladigan sirt faol moddalar konsentratsiyasi chegarasi (0,3%) va OP-10 GKJ-11 ga nisbatan yuqori balandlik va ko‘pik barqarorligini ta’minlashi aniqlangan;
60% suyuq parafin (SP), 20% gidrofob qo‘shimcha polietilen (PE), 20-40% sirt faol modda (soapstok) hamda polipropilenglikol (PPG) va poliakrilamid (PAA) yordamida ko‘pik so‘ndiruvchi kompozisiya tarkibi yaratilgan;
yaratilgan tarkibga 1% gacha KMS qo‘shilishi kompozisiya sistemaning barqarorligini oshirishi va ko‘pik so‘ndirish qobiliyatini yaxshilashi aniqlangan;
ko‘pik hosil bo‘lishini oldini olish darajasi aralashmadagi yog‘ kislotalari miqdori bilan bog‘liqligi ham da PG3 va PG4 kompozisiyalarini foydalanilganda ko‘pik hosil bo‘lishini oldini olish samaradorligi polimerli eritmada 40% dan ortiq va gilli eritmada bo‘lsa 24-35% ekanligi aniqlangan;
burg‘ulash eritmalaring xususiyatlarni yaxshilashga va burg‘ilashning samaradorligini oshirishga olib keladigan ko‘pik sundiruvchi kompozisiyani sanoatda olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ikkilamchi xom ashyo asosida ko‘pik so‘ndiruvchilarni ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suv asosidagi burg‘ulash eritmalari uchun ko‘pik so‘ndiruvchilar tarkibilari «EPSILON DEVELOPMENT COMPANY» MChJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («EPSILON DEVELOPMENT COMPANY» MChJning 2023 yil 21 sentyabrdagi 27/3NA-1967-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkiblari import mahsulotlariga yaqin bo‘lgan va ba’zi hollarda hatto ulardan yuqori xususiyatlarga ega ko‘pik so‘ndiruvchilarni olish imkonini beradi;
soapstok, suyuq parafin va past molekulyar og‘irlikdagi polietilen asosida ko‘pikni so‘ndiruvchi aralashmani ishlab chiqarish texnologiyasi «EPSILON DEVELOPMENT COMPANY» MChJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («EPSILON DEVELOPMENT COMPANY» MChJning 2023 yil 21 sentyabrdagi 27/3NA-1967-son ma’lumotnomasi). Natijada, import qilingan analoglarni ishlab chiqilgan texnologiya bo‘yicha yaratilgan ko‘pik so‘ndiruvchi vositasiga almashtirish 2 baravar iqtisodiy samara olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish