Xudayberganova Nagima Turdibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tarkibida neft` mahsulotlari bo‘lgan oqava suvlarni tozalash uchun neft` koksi va asfal`t asosidagi yangi sorbent olish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T1273.
Ilmiy rahbar: Rizaev Abdumalik Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Eshmetov Rasul Jumyazovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Abdikamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida neft` mahsulotlari bo‘lgan oqava suvlarni tozalash uchun neft` koksi va asfal`t asosidagi yangi sorbent olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shnekli pressda shakllantirish, 150ºS da quritilib, karbonlashtirish (400±50)°C va (1000)°C da faollantirish jarayonidan o‘tkazilgan neft` koksi va asfal`t asosidagi donador ko‘mir adsorbentini olishda boshlang‘ich kompozisiyani dastlab 65-70ºC haroratda aralashtirish talab etib, bu asfal`tning bog‘lovchi xossalari hisobiga neft` koksining butun yuzasi bo‘ylab to‘liq bog‘lanish orqali donachalarga qo‘shimcha mustahkamlik xususiyatini berishi aniqlangan;
kompozisiya tarkibidagi asfal`t konsentratsiyasini 36% gacha (FK3) oshirish donachalarning mustahkamligini 94% gacha, tarkibida 24% asfal`t bo‘lgan kompozisiyaga (FK2) nisbatan (79%) oshirish imkoniyatini berib, bu koks zarrachalari tuzilmasining jips va samarali bog‘lanishi, uning qovushqoqligi va bog‘lovchi xossalari hisobiga donachalarning yaxshiroq zichlanishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
donachalarni bug‘ yordamida faollantirish issiqlik bilan (termik ishlov) ishlov berishga (75-80%) nisbatan asosiy mahsulot chiqishini 70-73% gacha kamaytirishi aniqlanib, bu nafaqat kompozisiya tarkibiy qismlarining kuyib, oksidlanishi bilan, balki kulli qismining 2% gacha kamayishi bilan ham bog‘liq bo‘lib, bu holatlar yodga nisbatan adsorbsion faollikning yana 8-16% ga ortishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
FK3 va FK4 namunalari neft` mahsulotlari konsentratsiyasini pasaytirishda, o‘zaro 90 daqiqa davomida ta’sirlashishda 95% dan ortib ketish bilan yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlanib, bu hol termo-(issiqlik) va bug‘ yordamida faollantirilgan namunalarning yuqori solishtirma yuzaga ega ekanligidan kelib chiqishi isbotlangan;
oqova suvlarni neft` mahsulotlari va boshqa organik moddalardan tozalashda nisbatan yuqori adsorbsion faollikka ega, neft` koksi va asfal`t (bog‘lovchi sifatida) asosidagi donador ko‘mir adsorbentini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Neftning qoldiq mahsulotlari koks va asfal`tdan ko‘mir adsorbentini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy neft` qoldiq mahsulotlari koks va asfal`t asosida yangi ko‘mir adsorbentini olish texnologiyasi «O‘zbekneftgaz» AJning «2022-2023 yillar amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 13 sentyabrdagi 03-17-5/136-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlarni neft` mahsulotlaridan tozalashda qo‘llaniladigan import o‘rnini bosuvchi adsorbent olish imkonini beradi;
olingan ko‘mir adsorbenti yordamida oqava suvlar tarkibidan neft` mahsulotlarini tozalash texnologiyasi «O‘zbekneftgaz» AJning «2022-2023 yillar amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 13 sentyabrdagi 03-17-5/136-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlarni neft` mahsulotlaridan 88-93% gacha tozalash imkonini beradi.