Ermuratova Nilufar Abdusamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Karbamid, formaldegid va ba’zi alifatik aminokislotalar asosida ionitlar olish texnologiyasini yaratish va amaliyotga qo‘llash», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4067.
Ilmiy rahbar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Shukurov Dilmurod Xursandovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida azot, kislorod bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi ionitlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va olingan ionitlar yordamida Cu(II), Co(II), Zn(II), Ni(II) va Cd(II) ionlarining sorbsiyasidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karbamid formaldegid smolani aminotsirka kislotasi, aminoqahrabo kislota, 2-aminopentan dikislotalar bilan modifikatsiyalash asosida tarkibida azot va kislorod bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi yangi MFA, KFA va MFG markali ionitlar olingan;
sintez qilingan ionitlarning mis (II), nikel (II), rux (II), kobalt (II) ionlariga nisbatan statik almashinish sig‘imlari aniqlangan va ushbu metallarning olingan ionitlarda sorbsiyalanish qatori tuzilgan;
sintez qilingan ionitlarning tarkibi va tuzilishi zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida aniqlangan;
tarkibida azot va kislorod bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi yangi ionitlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida sintez qilingan kompleks hosil qiluvchi ionitlar olish va ular yordamida Ni(II), Co(II), Zn(II), Cu(II), Cd(II) ionlarining sorbsiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
karbamid formaldegid smolani aminotsirka kislotasi, aminoqahrabo kislota, 2-aminopentan dikislotalar bilan kimyoviy modifikatsiyalash asosida kompleks hosil qiluvchi ionitlar olish texnologiyasi “Petromaruz-Uzbekistan” xorijiy korxonasida MFA, KFA va MFG markali ionitlar olishda joriy etilgan (“Petromaruz-Uzbekistan” xorijiy korxonasining 2023 yil 27 oktyabr EKO-433-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida yuqori samarali, import o‘rnini bosuvchi ionitlar olishga imkon bergan;
olingan MFA, KFA va MFG markali ionitlar “Petromaruz-Uzbekistan” xorijiy korxonasida oqava suvlarni og‘ir metallar ionlaridan tozalashda amaliyotga joriy etilgan (“Petromaruz-Uzbekistan” xorijiy korxonasining 2023 yil 27 oktyabr EKO-433-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxona oqava suvlarini og‘ir metallar ionlaridan samarali tozalashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish