Baxtiyorov Jaloliddin Sharafiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy ishlatilgan motor moylari asosida surkov materiallarni ishlab chiqish», 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4066.
Ilmiy rahbar: Amirqulov Nuriddin Sayfullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Miraxmat Po‘latovich, texnika fanlari doktori, professor; Hamidov Bosit Nabievich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlatilgan M-20A rusumli motor moyi asosida standart talablariga mos reduktor surkov moyi kompozisiyasini olish va og‘ir texnikalarda joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlatilgan M-20A rusumli motor moyini kermene gili adsorbenti yordamida 78 % gacha mexanik qo‘shimchalardan va 87 % gacha qatron-asfalten moddalardan tozalanganligi aniqlangan;
reduktor surkov moyini olishda dispers faza sifatida birlamchi termohaydalgan gossipol qatronini ishlatish samarali ekanligi isbotlangan;
ishlatilgan M-20A rusumli motor moyi, deparafinlangan qoldiq moyi, gossipol qatroni va RD-7 qo‘ndirma asosida sifatli reduktor surkov moyini olish resepturasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan resepturaga asosan olingan reduktor surkov materialining fizik-kimyoviy xususiyatlari standart talablarida keltirilgan ko‘rsatkichlaridan yaxshiroq ekanligi isbotlangan;
ishlatilgan M-20A rusumli motor moyi, deparafinlangan qoldiq moyi, gossipol qatroni va RD-7 qo‘ndirma asosida sifatli reduktor surkov materialini ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqarilgan RSM-5 reduktor surkov materiali, og‘ir texnikadagi tishli uzatmalarining ishlash muddatini uzaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlatilgan M-20A rusumli motor moyi, deparafinlangan qoldiq moyi, gossipol qatroni va RD-7 qo‘ndirma asosida og‘ir texnikalardagi tishli uzatmalarni moylash uchun reduktor surkov materialini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlatilgan M-20A rusumli motor moyini tozalash va ular asosida reduktor surkov materiali ishlab chiqarish texnologiyasi «Farg‘ona NQIZ» MChJning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona NQIZ» MChJning 2023 yil 12 maydagi 02-03-01/64-son ma'lumotnomasi). Natijada, og‘ir texnikalardagi tishli uzatmalarni himoyalovchi «RSM-5» markali surtma moyi ishlab chiqarish imkonini beradi;
ishlatilgan M-20A rusumli motor moyi, deparafinlangan qoldiq moyi, gossipol qatroni va RD-7 qo‘ndirma asosida olingan reduktor surkov materiali ishlab chiqarish texnologiyasi «Farg‘ona NQIZ» MChJning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona NQIZ» MChJning 2023 yil 12 maydagi 02-03-01/64-son ma'lumotnomasi). Natijada, T-40 traktorlarining tishli uzatmalarni moylash foydlaniluvchi nigrolni to‘liq almashtirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish