Eshtaev Sergey Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “13–15 yoshli gimnastikachilarning ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik bosqichida musobaqa faoliyatini modellashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped214.
Ilmiy rahbar: Xalmuxamedov Rustam Dekanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Malinina Nina Nikolaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichida musobaqa faoliyatini majmuaviy modellashtirish asosida 13–15 yoshli o‘smir gimnastikachilarning sport-texnik mahoratini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
13–15 yoshdagi gimnastikachilarning maxsus jismoniy va texnik tayyorgarligi modellashtirilgan;
kattaligi, jadalligi va maqsadli yo‘naltirilganligiga ko‘ra turlicha bo‘lgan mashg‘ulot va musobaqa yuklamalarini optimal taqsimlash strukturasi ishlab chiqilgan;
yosh gimnastikachilarning chidamliligi va ishchanligini kuchaytirish vositasi sifatida “o‘ta zarbdor” haftalik mikrotsikllar ishlab chiqilgan;
“o‘ta zarbdor” haftalik mikrotsikldan foydalangan holda o‘quv-mashg‘ulot jarayoni dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
13–15 yoshli gimnastikachilarning ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik bosqichida musobaqa faoliyatini modellashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy metodologik va amaliy takliflar asosida:
ishlab chiqilgan metodika ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida 13–15 yoshli gimnastikachilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini optimallashtirish, tayyorgarlikning musobaqa bosqichidagi o‘quv-mashg‘ulotlarini, mikro va mezotsikllar tuzilmasini shakllantirish paytida qo‘llashga tavsiya qilingan eng ahamiyatli modeli tavsiflarni aniqlash “o‘ta zarbdor” haftalik mikrotsikllarni 13–15 yoshli o‘smir gimnastikachilarning chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichidagi mashg‘ulotlarida maxsus chidamliligi va ishchanlik qobiliyatini oshirish vositasi sifatida o‘quv-mashg‘ulot jarayonini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar va takliflar (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 29 martdagi 01-04/512-3-son ma’lumotnomasi). Natijada 13-15 yoshli gimnastikachilarni sport gimnastikasiga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari sharoitida tayyorlash sifatini oshirish imkonini bergan;
mualliflik metodikasi sport gimnastikasi bo‘yicha ixtisoslashgan bitiruvchilar va murabbiylarning kasbiy kompetentligi darajalarini oshirishga yo‘naltirilgan chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichida 13–15 yoshli iqtidorli gimnastikachilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonida qo‘llanilgan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 29 martdagi 01-04/512-3-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zDJTI maxsus fanlari bloki va murabbiylar malakasini oshirish kurslari mazmunini takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
ishlab chiqilgan metodika sport gimnastikasi bo‘yicha ixtisoslashgan ta’lim muassasalarining o‘quv-mashg‘ulot jarayonida gimnastikachilar tayyorgarligining kichik, o‘rta va katta sikllarida trenirovka va musobaqa yuklamalarini ratsional taqsimlash hisobiga takomillashtirishda qo‘llanilgan “Gimnastika nazariyasi va uslubiyati” darsligida yoritilgan (434–278 ro‘yxatga olish raqami). Natijada O‘zDJTI maxsus fanlari bloki va murabbiylar malakasini oshirish kurslari mazmunini takomillashtirish imkonini bergan.