Xalilova Dilbar Jalilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): « Badiiy adabiyotda jinoyat va jazo muammosi: qiyosiy-tipologik tadqiq (Fyodor Dostoevskiy va o‘zbek nasri misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fil437.
Ilmiy maslahatchi: G‘aniev Ilhom Muzaffarovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Muminov Fayzullo Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Kiselyov Dmitriy Anatolevich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Murodov G‘ayrat Nekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Fyodor Dostoevskiy hamda o‘zbek nosirlari asarlarida jinoyat va jazo motivlarini yoritish orqali ularning qiyosiy-tipologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
real hayotdagi jinoiy ishlar, jamiyatning ijtimoiy-axloqiy muammolari, an’analari va ularning rivojlanishi kabi jinoyat va jazo motivi Fyodor Dostoevskiy va o‘zbek nasriy asarlarining badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, diniy-ma’rifiy ahamiyati, mualliflar estetik strategiyasi orqali namoyon bo‘lganligi aniqlangan;
jinoyat va jazo motividagi asarlarda qotillik, o‘g‘rilik, talon-tarojlik, bosqinchilik, xiyonatkorlik kabi hodisalarni badiiy aks ettirilishida voqelik diskursi, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari, adabiy ta’sir kabi poetik xususiyatlar dalillangan;
Sharq va G‘arb adabiyotida jinoyat va jazo motivi falsafiy-ijtimoiy masalaning insoniy ong, axloq, ma’naviyat bilan uyg‘unlashuvi; huquqiy-jinoiy harakatlarga baho berish, tekshirish, aniqlash, jinoyatga jazo muqarrarligi qonunining, ijtimoiy adolatning ustuvorligini namoyish etish va diniy – muqaddas ilohiy kitoblarda (Qur’on, Injil) qotillik, xiyonat, o‘g‘rilik, talon-tarojlik, bosqinchilik kabi illatlar qattiq qoralanib, bunday jinoyatlarni qilgan kishilarning do‘zaxiy bo‘lishi kabi muammolar zamirida voqelanishi isbotlangan;
F.M.Dostoevskiy ijodida jinoyat va jazo motivi bilan yondosh holda davlat ish tizimining yaroqsizligi, amaldagi yetakchi rahbarlarning adolatsizligi, sud-huquq sohasidagi qora manfaat, pora illati bilan bulg‘anganligi, xalqning qashshoqligi, jinoyatlar mag‘zida etar-etishmovchilik fojiasi turishi kabi dolzarb ijtimoiy muammolar talqinining ustuvorligini asoslangan;
o‘zbek detektiv nasri strukturasida jinoyat va jazo syujeti sxemasi, kriminal qahramon psixologiyasi, ijodiy-an’anaviy qamrovi Qur’oniy ta’limot, o‘zbek mumtoz adabiyoti, milliy dostonchilik tajribalari, badiiy psixologik tadqiqot qirralari, xalq dostonlari shakli va mazmuni, milliy ma’naviyat jozibasi, adabiy-estetik fazilatlari asosida namoyon bo‘lishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy adabiyotda jinoyat va jazo muammosi qiyosiy-tipologik tadqiqi Fyodor Dostoevskiy va o‘zbek nasri misoli yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
jinoyat va jazo motivi real hayotdagi jinoiy ishlar, jamiyatning ijtimoiy-axloqiy muammolari, an’analari va ularning rivojlanishi Fyodor Dostoevskiy va o‘zbek nasriy asarlarining badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, diniy-ma’rifiy ahamiyati, mualliflar estetik strategiyasi, tafakkuri, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligiga oid nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-FI-030-raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 5-maydagi 01/10-886-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotshunoslikda inson va jamiyat munosabatlari tasvirlangan nasriy asarlardagi jinoyat va jazo mavzusining badiiy-estetik vazifalari turli tillarda yaratilgan asarlarga oid materiallar va xulosalar bilan boyitilgan;
jinoyat va jazo motividagi asarlarda qotillik, o‘g‘rilik, talon-tarojlik, bosqinchilik, xiyonatkorlik kabi hodisalarni badiiy aks ettirilishida muallif tafakkuri, voqelik diskursi, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari, adabiy ta’sir kabi poetik xususiyatlariga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2012-2016-yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” hamda 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 12-apreldagi 17.01/56-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy asar matni orqali muallifning dunyoqarashini tahlil etish, detektiv-kriminal asarlarda obrazlarning o‘ziga xosligini, psixologik jihatlarini talqin etishda yozuvchi mahorati, badiiy san’atlarni qo‘llashdagi zukkoligini aniqlashda foydalanilgan;
Sharq va G‘arb adabiyotida jinoyat va jazo motivi falsafiy-ijtimoiy masalaning insoniy ong, axloq, ma’naviyat bilan uyg‘unlashuvi; huquqiy – jinoiy harakatlarga baho berish, tekshirish, aniqlash, jinoyatga jazo muqarrarligi qonunining, ijtimoiy adolatning ustuvorligini namoyish etish va diniy-muqaddas ilohiy kitoblarda (Qur’on, Injil) qotillik, xiyonat, o‘g‘rilik, talon-tarojlik, bosqinchilik kabi illatlar qattiq qoralanib, bunday jinoyatlarni qilgan kishilarning do‘zaxiy bo‘lishi kabi muammolar zamirida voqelanishiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan F1-A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyiha ishini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 1-maydagi 212-son ma’lumotnomasi). Natijada amalga oshirishda badiiy adabiyot nasrida jinoyat va jazo motivi shakllari va ijodkorning poetik mahorati, milliy adabiyotda obrazlar psixologiyasiga doir nazariy qarashlarni boyitishga xizmat qilgan;
F.M.Dostoevskiy ijodidagi jinoyat va jazo motivi bilan yondosh holda davlat ish tizimining yaroqsizligi, mavjud yetakchi rahbarlarning adolatsizligi, sud-huquq sohasidagi qora manfaat, pora illati bilan bulg‘angan, xalqning asosiy qismi qashshoqligi, jinoyatlar mag‘zida etar-etishmovchilik fojiasi turishi kabi g‘oyat dolzarb ijtimoiy muammolar talqinining ustuvorligini belgilaganligi bilan bog‘liq ilmiy va amaliy natijalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining amaliy loyihasidan foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 13-martdagi 01-03/377-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy kengashlari hisobot yig‘ilishlarida, to‘garaklar faoliyatida, mahorat darslarida, yosh ijodkorlar bilan kitobxonlik uchrashuvlarining mukammallashuviga xizmat qilgan;
o‘zbek detektiv nasri strukturasida jinoyat va jazo syujeti sxemasi, kriminal qahramon psixologiyasi, ijodiy-an’anaviy qamrovi Qur’oniy ta’limot, o‘zbek mumtoz adabiyoti, milliy dostonchilik tajribalari, badiiy psixologik tadqiqot qirralari, xalq dostonlari shakli va mazmuni, milliy ma’naviyat jozibasi, adabiy-estetik fazilatlari asosida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasi “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” dasturlari ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-apreldagi 04-36-578-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko’rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuvi haqidagi maʼlumotlar radiokanal ijodiy jamoasining mavzu doirasida chuqurroq mulohaza yuritishi uchun zamin yaratilgan.
o‘zbek detektiv nasri strukturasida jinoyat va jazo syujeti sxemasi, kriminal qahramon psixologiyasi, ijodiy-an’anaviy qamrovi Qur’oniy ta’limot, o‘zbek mumtoz adabiyoti, milliy dostonchilik tajribalari, badiiy psixologik tadqiqot qirralari, xalq dostonlari shakli va mazmuni, milliy ma’naviyat jozibasi, adabiy-estetik fazilatlari asosida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Oltin voha” dasturidagi “Ochiq muloqot” radioeshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 2-maydagi 17-05/77-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirish uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishini ta’minlash imkonini bergan.