Jumaev Jaxongir Turaqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Qorako‘l akademik liseyi noan’anaviy matematika darslarida o‘quvchilar bilish faoliyatini takomillashtirilgan metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3-4.PhD/Ped355.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasanomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Qahhor Shonazarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qosimov Fayzullo Muxammedovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qorako‘l akademik liseyi noan’anaviy matematika darslarida o‘quvchilar bilish faoliyatining takomillashtirilgan metodikasini ommalashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qorako‘l akademik liseyiga iqtidorli o‘quvchilarni qabul qilish sifatining yuqoriligi va saralash jarayoni xalqaro Kern-Yirasek va Raven testlari orqali belgilanishiga qaratilgan jarayon ota-onalar va faxriy o‘qituvchilardan iborat jamoatchilik kengashi ishtirokida amalga oshirilishi asoslangan;
ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘quvchilar orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish har bir o‘quvchi bilish faolligining diqqat, xotira va intellekt elementlarini rivojlantirishda individual tarzda misol-masalalar va ko‘p variantli testlar kompleksini ishlab chiqish va ularni tizimli qo‘llash orqali aniqlashning pedagogik mexanizmlari takomillashtirilgan;
Qorako‘l akademik liseyi tajribasiga ko‘ra, bilimni o‘zlashtirishni baholash metodikasi monitoring natijalari har bir o‘quvchining bilish faolligini gorizontal va vertikal vektor bo‘yicha shakllantirishda tashabbuskorlik, optimal qarorlar qabul qilish va vaqtni tejash ko‘nikmalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
noan’anaviy darslarda o‘quvchilarning mantiqiy, kreativ fikrlashga o‘rgatish, bilish faolligini namoyon qilishga yo‘naltirilgan klassik matematika usullari va modulli o‘qitish texnologiyasini (chuqurlashtirilgan, tabaqalashtirilgan o‘qitish) maqbullashtirish asosida ta’lim oluvchilarning tanqidiy mushohada yuritish va optimal echim topish kompetensiyalari maqsadli kasbga yo‘naltiruvchi differensial diagnostik testlar asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni nufuzli tanlovlarga tayyorlashda mustaqil ta’lim va fanga oid bilimlarni kompleks baholash metodikasi bilimni o‘zlashtirishni tabaqalashtirish yuqori, o‘rta, quyi va past darajalarga tarkiblash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qorako‘l akademik liseyi noan’anaviy matematika darslarida o‘quvchilar bilish faoliyatini takomillashtirilgan metodikasi bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
Qorako‘l akademik liseyiga iqtidorli o‘quvchilarni qabul qilish sifatining yuqoriligi va saralash jarayoni xalqaro Kern-Yirasek va Raven testlari orqali belgilanishiga qaratilgan jarayon ota-onalar va faxriy o‘qituvchilardan iborat jamoatchilik kengashi ishtirokida amalga oshirilishiga oid asoslangan takliflardan Jizzax politexnika institutining “AIF 1/4-“Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 y.y.) mavzusidagi grant loyihasini (O‘quvchilarning elektronikaga oid kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlari) qismini bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2023-yil 19-oktyabrdagi 03-2436-2423-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar bilish faolligining rivojlanishi, darslarni o‘zlashtirish samaradorligining oshishi asosida oliy ta’lim muassasalariga 95 foizi qabul qilinishiga erishilgan;
ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘quvchilar orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish har bir o‘quvchi bilish faolligining diqqat, xotira va intellekt elementlarini rivojlantirishda individual tarzda misol-masalalar va ko‘p variantli testlar kompleksini ishlab chiqish va ularni tizimli qo‘llash orqali aniqlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga oid nazariy g‘oyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 18-maydagi 02-09-136-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalari rivojlantirilib, kasbga yo‘naltirish darajasi hamda matematika ta’limi sifatining oshishiga xizmat qilgan;
Qorako‘l akademik liseyi tajribasiga ko‘ra, bilimni o‘zlashtirishni baholash metodikasi monitoring natijalari har bir o‘quvchining bilish faolligini gorizontal va vertikal vektor bo‘yicha shakllantirishda tashabbuskorlik, optimal qarorlar qabul qilish va vaqtni tejash ko‘nikmalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlardan Jizzax politexnika institutining “AIF 1/4-“Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 y.y.) mavzusidagi grant loyihasini (O‘quvchilarning algoritmik fikrlashini rivlantirish metodikasi) qismini bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2023-yil 19-oktyabrdagi 03-2436-2423-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik liseylarning o‘quv-metodik ta’minotini boyitish orqali iqtidorli o‘quvchilarning bilish faolligini oshirishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish