Eshova Hurriyat Xurramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilishda davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining roli”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.1PhD/Fal921.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Farida Xujamqulovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Artikov To‘lanbov Artikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qambarov Abdumutal Axadjonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish asosida yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoyalashni ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida jamiyatning ustuvor milliy ma’naviyat yo‘nalishiga tahdidlarga qarshi kurashida davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligiga asoslangan tahdidbardoshlik salohiyatidan istiqbolli foydalanish zarurati asoslab berilgan;
globallashuvning ziddiyatli ta’siri va tahdidlarining kuchayib borishi sharoitida (axborot xurujlari, Internet, yot mafkuralar, terrorizm, ekstremizm, yot qadriyatlarga asoslangan madaniyat, ekologiya va boshqalar) yoshlarning tahdidbardoshlikka qaratilgan mafkuraviy ongini  himoya qilishning muhim omili sifatida davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligiga asoslangan  faoliyati  zarurati asoslangan;
yoshlar ongida va ruhiyatida tahdidbardoshlik tuyg‘usini shakllantirishda tarixiylik usuli asosida tahdidlarning genezisi, deterministik mohiyati va ta’sirini nazarda tutib, unga  qarshi tura oluvchi davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining jamiyatdagi statusi va  faolligini oshirishga qaratilgan innovatsion va samarali targ‘ibot usullari ishlab chiqilgan;
ma’naviy tahdidlar va  tahdidbardoshlik dialektikasi kontekstida  yangi O‘zbekistonni barpo etish, milliy xavfsizlik, milliy manfaatlarni himoya qilish asosida yoshlarda tahdidbardoshlik salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning m’naviy resursidan maqsadli foydalanish jarayonida davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari rolini oshirishning ahamiyati milliy taraqqiyot strategiyasi nuqtayi nazaridan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda yoshlarning ma’naviy tahdidlardan himoya qilishda davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarini hamkorligini ijtimoiy-falsafiy tahlillash usullari asosida:
yoshlarni ma’naviy, mafkuraviy, g‘oyaviy tahdidlardan himoyalashda davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini kuchaytirish muhim asos ekanligi ochib berilganligiga oid natijalar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 28-apreldagi 01-13-21-936-sonli dalolatnomasi). Natijada yoshlarni turli ko‘rinishdagi axborot tahdidlariga qarshi immunitet hosil qilishi ta’minlangan;
milliy ma’naviyat rivoji, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, “ma’naviy tahdid” strukturaviy-funksional mohiyatining milliy identifikatsiyaga ta’siriga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2023-yil 5-apreldagi 02-03-2404-son dalolatnomasi). Natijada yoshlarni ijtimoiy-falsafiy barqarorligini ta’minlashga erishilgan;
milliy, ma’naviy, mafkuraviy, umuminsoniy qarashlar kesishmasiga zid bo‘lgan tushunchalarga yoʻl qo‘ymaslik hamda ijtimoiy jarayonlarga aniq yondashish yoshlarni ichki va tashqi tahdidlarga qarshi tura oladigan mafkuraviy immunitetini belgilovchi asos ekanligi ko‘rsatilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2023-yil 27-martdagi 03-01-1262-son dalolatnomasi). Natijada milliy tarbiya omilining jamiyatda milliy-ma’naviy xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyatini oshirishga erishilgan;
Yangi O‘zbekistonda ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ta’lim tizimi va ommaviy axborot vositalarini o‘zaro hamkorligining uzviyligini ta’minlash va ma’naviy tahdidlarining xususiyatlari hamda ularni bartaraf etishning milliy paradigmal asoslariga oid takliflardan Oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan talabalarning ma’naviy va ma’rifiy ishlari dasturlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 28 martdagi 89-04-74-son dalolatnomasi). Natijada yoshlarning axborot madaniyatini oshirish mexanizlarini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish