Abdumalikov Ilimjon Abduxamjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston yoshlarida tinchlik madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal56.
Ilmiy rahbar: Madumarov Talantbek Tolibjonovich, yurudik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Ismoilov Muhammadjon, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston yoshlarida tinchlik madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda “yoshlar”, “yoshlarning tinchlik madaniyati” tushunchalarining aksiologik xususiyatga ega umumfalsafiy va regulyativ elementlarni jamlagan metodologik ahamiyati asoslangan;
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlar tinchlik madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda sodir bo‘layotgan differensatsiya va integratsiya jarayonlarining destruktiv ta’sirini kamaytirishga xizmat qilishi, bu esa o‘z navbatida ijtimoiy barqarorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ochib berilgan;
yoshlarda tinchlik madaniyatini yuksaltirishni aksiologik, akmeologik, intellektual tashabbus, sotsiokreativ elementlar o‘zining passionar xususiyatlari blan birgalikda, mlliy mudofaa qobiliyatini mustarkamlashning murim omili ekani ochib berilgan;
tinchlik madaniyatini yuksaltirish va shu orqali ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash uchun yoshlarda murosa, kelishuv va manfaatlarni korreksiya qilish kompetensiyalarini shakllantirish vositalari falsafiy jihatdan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston yoshlarida tinchlik madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda “yoshlar”, “yoshlarning tinchlik madaniyati” tushunchalarining aksiologik xususiyatga ega umumfalsafiy va regulyativ elementlarni jamlagan metodologik ahamiyatiga doir fikrlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari” 18-bandi “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targfib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tikazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 10 apreldagi 135-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar uchun tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi zamonaviy falsafiy yondashuvlar va texnologiyalarni ishlab chiqishda keng foydalanilgan;
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlar tinchlik madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda sodir bo‘layotgan differensatsiya va integratsiya jarayonlarining destruktiv ta’sirini kamaytirishga xizmat qilishi, bu esa o‘z navbatida ijtimoiy barqarorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ochib berilganiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019–yil 3–maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samagadorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha shora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaror dasturining "xalqimizning tarixiy me’rosi, urf-odatlari va rnilliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini rnustahkamlash"ga oid tadqiqot materiallagidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalagi qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023 yil 7 fevraldagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda tinchlik madaniyatini yuksaltirishda milliy g‘oyaning tutgan o‘rniga doir umumfalsafiy va metodoligik tavsiyalar o‘quv qo‘llanmaning nazariy metodologik asoslar bilan boyitishga xizmat qilgan;
yoshlarda tinchlik madaniyatini yuksaltirishni aksiologik, akmeologik, intellektual tashabbus, sotsiokreativ elementlar o‘zining passionar xususiyatlari blan birgalikda, mlliy mudofaa qobiliyatini mustaxkamlashning muxim omili ekani ochib berilganiga doir xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining bir qator targ‘ibot dasturlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023 yil 27 apreldagi 4-13-21-1084-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan taklif, tavsiya va xulosalar amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari davomida mamlakatimiz yoshlarining ma’naviy-axloqiy dunyoqarashining o‘sishiga xizmat qilgan;
tinchlik madaniyatini yuksaltirish va shu orqali ijtimoiy taraqqiyotn ta’minlash uchun yoshlarda murosa, kelishuv va manfaatlarni korreksiya qilish kompetensiyalarini shakllantirish vositalari aniqlanganiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi qaror dasturining «Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar» nomli VII bobi 31-bandi «Biz ma’rifatli islom tarafdorimiz!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2023 yil 15 sentyabrdagi 03 – 03/5593 - son ma’lumotnomasi). Natijada insonning, oilaning, jamiyat, davlatning, ayniqsa, yoshlarning saodati va tinchligini istagan millatlararo va dinlaro hamjihatlikni ta’minlashda tinchlik madaniyatini o‘rni va ahamiyatini ochib beruvchi harakat dasturi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish