Fazilov Farxod Maratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Yu169.
Ilmiy maslahatchi: Salaev Nodirbek Saparbaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Rustam Kabulov, yuridik fanlar doktori, professor; Axrorov Baxrom Djabbarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Sakari Kristian Melander, yuridik fanlar doktori, professor (Xelsinki universiteti, Finlyandiya).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jinoiy daromadlarni legallashtirishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlarini, amaliyotda yuzaga kelayotgan kvalifikatsiya bilan bog‘liq muammolarni ochib berish, jinoiy daromadlarni legallashtirish uchun javobgarlikni kuchaytirish, mazkur jinoyatning oldini olishni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maxsus vakolatli davlat organining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash majburiyati asoslangan;
maxsus vakolatli davlat organining xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xorijiy davlatlarning tegishli vakolatli organlari bilan jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomalar tuzish majburiyati asoslangan;
kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar deb tan olinishi zarurligi asoslangan;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish, shuningdek pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarni terrorchilik faoliyatida yoxud boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoki ushbu faoliyatda ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoxud jismoniy shaxslar haqida xabardor qilish zarurligi asoslangan;
ichki nazoratni, mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalarini hujjatlashtirish va saqlashni, tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va hujjatlar bilan qayd etishni tashkil qilish va amalga oshirishga doir talablarni buzish, operatsiyani amalga oshirishni rad etish, xuddi shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiyalar haqidagi axborotni taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etganlik, qonunchilik talablarining pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yishga yoki operatsiyalarni to‘xtatib turishga oid qismini ijro etmaslik uchun javobgarlikka tortish zarurligi asoslangan;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni takomillashtirish maqsadida ushbu jinoyat uchun muqobil jazolarni qo‘llash zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maxsus vakolatli davlat organining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash majburiyati to‘g‘risidagi taklif “Jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasi uchinchi xatboshida o‘z aksini tοpgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 7-iyuldagi 06-13/27-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maxsus vakolatli davlat organining xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xorijiy davlatlarning tegishli vakolatli organlari bilan jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomalar tuzishi shartligi to‘g‘risidagi taklif “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasining o‘n beshinchi xatboshida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 7-iyuldagi 06-13/27-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi jinoyat huquqi normalarini unifikatsiya qilish va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat qilgan;
kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar deb tan olinish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi qonunining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish” 12-moddasining o‘n uchinchi xatboshida o‘z aksini tοpgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 7-iyuldagi 06-13/27-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi zamonaviy tahdidlarni hisobga olgan holda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish, shuningdek pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarni terrorchilik faoliyatida yoxud boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoki ushbu faoliyatda ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoxud jismoniy shaxslar haqida xabardor qilish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish” to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasi birinchi qismida o‘z aksini tοpgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 7-iyuldagi 06-13/27-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishning samarali huquqiy mexanizmlarini yaratishga xizmat qilgan;
ichki nazoratni, mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalarini hujjatlashtirish va saqlashni, tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va hujjatlar bilan qayd etishni tashkil qilish va amalga oshirishga doir talablarni buzish, operatsiyani amalga oshirishni rad etish, xuddi shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiyalar haqidagi axborotni taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etganlik, qonunchilik talablarining pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yishga yoki operatsiyalarni to‘xtatib turishga oid qismini ijro etmaslik uchun javobgarlikka tortish zarurligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1793 moddasi birinchi qismida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 3-noyabrdagi 06-13/58-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi loyihasining yangi tahrirdagi 238-moddasida mazkur jinoyat uchun muqobil jazolarni tayinlash zarurligi to‘g‘risidagi taklif o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 29-noyabrdagi 27/2-309-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.