Kosimova Qamara Amonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Harakatlanuvchi tarkibni yaqinlashishi to‘g‘risida xabar berishning avtomatlashtirilgan tizimini takomillashtirish, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3752.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Janibek Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xadjimuxametova Matluba Adilovna, texnika fanlari doktori, professor; O‘roqov Olimjon Xikmatulloevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: harakatlanuvchi tarkibni yaqinlashishi to‘g‘risida xabar berishning avtomatlashtirilgan tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matematik modellashtirish asosida harakatlanuvchi tarkibning temir yo‘l uchastkalarida quloqchin taqqan piyodalar uchun yaqinlashish xabarini berish tizimining xavfsiz ishlash ko‘rsatkichlari aniqlangan;
temir yo‘l peregonlarida harakatlanuvchi tarkibning yaqinlashishini jonzotlarning tovush eshitish diapazonini hisobga olgan holda keng spektrli chastota signallari orqali ularga xabar berish usuli takomillashtirilgan;
temir yo‘l uchastkalarida tezkor ta’mirlash ishlarini e’tiborga olgan holda ishchi xodimlarga harakatlanuvchi tarkibni yaqinlashishi to‘g‘risida avtomatlashtirilgan xabar berish usuli ishlab chiqilgan;
signallashtirish, markazlashtirish va blokirovka qurilmalariga bog‘langan holda mikroprotsessorli texnologiyalar asosida harakat tarkibi yaqinlashishidan ogohlantiruvchi tizimning boshqarish usuli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Harakatlanuvchi tarkibni yaqinlashishi to‘g‘risida xabar berishning avtomatlashtirilgan tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
temir yo‘l uchastkalarida poezdlarni yaqinlashib kelishidan ishchi xodimlarni avtomatik tarzda ogohlantiruvchi tizimi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Signallashtirish va aloqa” boshqarmasi qoshidagi temir yo‘l stansiyalariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023-yil 13-oktyabrdagi №4/7139-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishchi xodimlarga yaqinlashib kelayotgan poezdlar haqidagi xabarni o‘z vaqtida uzatish orqali stansiyadagi xodimlarni ish joyida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalarning oldini olish imkoni yaratilgan;
temir yo‘l peregonlarida va stansiyalarida quloqchin taqqan holda harakatlanayotgan piyodalarni va yo‘lovchilarni ogohlantirish usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Signallashtirish va aloqa” boshqarmasi qoshidagi temir yo‘l uchastkalariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023-yil 13-oktyabrdagi №4/7139-sonli ma’lumotnomasi). Natijada quloqchin taqqan piyodalar va yo‘lovchilarga poezdlarni yaqinlashib kelayotganligi haqidagi xabarni o‘z vaqtida uzatish orqali piyodalar va yo‘lovchilarni poezdlarni urib yuborish mumkin bo‘lgan hodisalarni oldini olish imkoni yaratilgan;
temir yo‘l stansiyalaridagi elektr markazlashtirish tizimlarida marshrutlarni tuzilganligi haqida ishchi xodimlar va yo‘lovchilarga avtomatik tarzda ogohlantirish xabarini berish usuli va harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Texnik va texnologik nazorat” boshqarmasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023-yil 13-oktyabrdagi №4/7139-sonli ma’lumotnomasi). Natijada stansiyalarda tuziladigan marshrutlar haqida ishchi xodimlarga va yo‘lovchilarga avtomatik tarzda ogohlantirish xabarini berish orqali hozirda mavjud bo‘lgan releli elektr markazlashtirish tizimlarida ogohlantirish xabarini berishda inson omilini ta’sirini oldini olish imkoni yaratilgan.