Raxmonov Erkin Davlatjonovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tibbiy-biologik mikroobektlar tasvirlarini tahlil qilish algoritmlari”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1936
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Fozilov Shavkat Xayrullaevich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Primova Holida Anorboevna, texnika fanlari doktori, dotsent; Nurimov Paraxat Baymuratovich,  texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy- biologik tasvirlarni tahlil qilish tizimlari uchun mikroobektlar tasvirlarni tahlil qilish algoritmlari va dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bir jinsli bo‘lmagan fonni inobatga olgan holda sozlash koeffitsientiga ko‘ra normallashtirish asosida mikroobekt tasvirlari sifatini oshirish algoritmi takomillashtirilgan;
nisbat qiymatini inobatga olgan holda o‘rtacha hisoblashga ko‘ra sirpanuvchi oyna asosida fonni tekislash algoritmi taklif etilgan;
piksellar yorqinligini inobatga olgan holda gistogramma vektorlariga ko‘ra tasvirni to‘g‘ri to‘rtburchali sohalarga ajratish asosida mikroobektlarni ajratish algoritmi takomillashtirilgan;
rang fazolarni xususiyatlarini inobatga olgan holda bo‘sag‘a qiymatlarga ko‘ra rang tekisliklari asosida mikroobekt tasvirlarini segmentalash algoritmi takomillashtirilgan;
mikroobektlar o‘qlari uzunliklarini inobatga olgan holda o‘qlar nisbatiga ko‘ra mikroobektlar shaklini miqdoriy baholash asosida mikroobekt sharsimonlik darajasini aniqlash usuli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tibbiy-biologik mikroobektlar tasvirlarini tahlil qilishning mavjud hamda taklif etilgan model, usul va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy ta’minot asosida:
bir jinsli bo‘lmagan fonni inobatga olgan holda sozlash koeffitsientiga ko‘ra normallashtirish asosida mikroobekt tasvirlari sifatini oshirish algoritmi va dasturiy majmuasi Farg‘ona viloyati Dang‘ara tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy-biologik tasvirlarni tahlil qilish uchun joriy qilingan (Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2023 yil 29 avgustdagi 14-07502 son ma’lumotnomasi). Natijada tashxislash jarayoniga sarflanadigan vaqtni o‘rtacha 10% qisqartirish imkonini bergan;
sirpanuvchi oyna asosida fonni tekislash algoritmi va dasturiy majmuasi Farg‘ona viloyati Buvayda tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy-biologik tasvirlarni qayta ishlash uchun joriy qilingan (Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2023 yil 29 avgustdagi 14-07502 son ma’lumotnomasi). Natijada tashxislash jarayoniga sarflanadigan vaqtni o‘rtacha 10% qisqartirish imkonini bergan;
tasvirni to‘g‘ri to‘rtburchali sohalarga ajratish asosida mikroobektlarni ajratish algoritmi va dasturiy majmuasi Farg‘ona viloyati Buvayda tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy-biologik tasvirlarni tahlil qilish uchun joriy qilingan (Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2023 yil 29 avgustdagi 14-07502 son ma’lumotnomasi). Natijada tashxislash ishonchliligini oshirish imkonini bergan;
bo‘sag‘a qiymatlarga ko‘ra rang tekisliklari asosida mikroobekt tasvirlarini segmentalash algoritmi, mikroobekt sharsimonlik darajasini aniqlash usuli va dasturiy majmuasi Farg‘ona viloyati “Al-Hikmat shifo” xususiy korxonasida tibbiy-biologik tasvirlardagi mikroobektlarni tahlil qilish va sonini aniqlash uchun joriy qilingan (Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2023 yil 29 avgustdagi 14-07502 son ma’lumotnomasi). Natijada mikroobektlarni sanash uchun sarflanadigan vaqtni vaqtni o‘rtacha 10% qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish