Tadjibaev Dier Pulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yadro reaktori konstruksion materiallari SAV-1 va AMG-2 larning strukturasi va mustahkamlik xarakteristikalariga neytron nurlanishining ta’siri», 01.04.07 – kondensirlangan holat fizikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/FM184
Ilmiy rahbar: Baytelesov Sapar Akimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Axmedjanov Farxod Rashidovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent;  Mussaeva Malika Anvarovna, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim;
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi Yadro fizikasi instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neytron nurlanishining SAV-1 va AMG-2 qotishmalari konstruksion materiallarining strukturasi va mustahkamlik xususiyatlariga ta’sirini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta SAV-1 namunalari  1018 n/sm2 neytron flyuensida nurlantirilganda Mg2Si ikkinchi fazasi choʻqqisining intensivligi 16% ga kamayganligi rentgenogrammada aniqlangan;
nurlanish dozasi 1018 n/sm2 flyuensgacha oshirilganda 2θB ̴124° burchak yaqinida tekisliklararo masofa 1,0132 Å dan 1,0011 Å gacha kamayishi, hamda aks etish burchagi (2θB) SAV-1 namunasidagi kremniy ionlarining alyumin tugunlararo boʻshliqda koʻchishi hisobiga oshishi ko‘rsatilgan;
1020 n/sm2 flyuensda nurlantirilgan namunalarning kristall panjarasining parametrlari oʻzgarishi, mikroqattiqligining SAV-1 namunalari uchun 33% ga, AMG-2 namunalari uchun 10% ga oshishiga olib kelishi ko‘rsatilgan;  
namunalarning oquvchanligi chegarasi va mikroqattiqligining flyuenslarga bogʻliqligini hisoblash uchun empirik formula olingan, shuningdek, 1016- 3,5·1022 n/sm2 nurlanish dozalari oralig‘ida SAV-1 namunalari uchun mikroqattiqlik bilan oquvchanlik chegarasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: neytron nurlanishining yadro reaktori konstruksion materiallarining strukturaviy va mustahkamlik xususiyatlariga ta’siri asosida:
SAV-1 namunalarida 1018 n/sm2 neytron oqimida intensivlik 16% ga kamaygan Mg2Si ning ikkinchi fazasining rentgen nurlanishining diffraksiya cho‘qqisida ko‘rsatilgan va aniqlangan effekt, nurlanish dozasi oshgani sayin, SAV-1 namunalarida 1018 n/sm2 fluens bilan nurlantirilganda taxminan 2θ ̴ 124° burchakdagi tekisliklararo masofa 1,0132 Å dan 1,0011 Å gacha kamayishi radioaktiv chiqindilarni boshqarish, tibbiyot va radiatsion materiallarshunoslik uchun radioizotoplar ishlab chiqarish sohasida VVR-K yadroviy tadqiqot reaktorida foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi Yadro fizikasi institutining 2023
yil 16 noyabrdagi 34-15.08-12/1359-son xati). Natijalardan foydalanish VVR-K reaktorining konstruktiv materiallarida SAV-1 qotishmalarining strukturaviy va mustahkamlik xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
SAV-1 va AMG-2 alyumin qotishmalarining strukturasi va mustahkamlik xususiyatlarining tez neytronlarning 1016 dan 3,5·1022 n/sm2 gacha bo‘lgan oralig‘idagi flyuenslari o‘rtasidagi bog‘liqlik Yadro fizikasi institutida foydalanilgan (O‘z R FA ning 2023 yil 28 noyabrdagi 2/1255-2519-son xati). Natijalardan foydalanish VVR-SM reaktorida konstruksion materiallarni almashtirish muddatini o‘z vaqtida aniqlash, hamda konstruksion materiallarning mustahkamlik chegarasini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish