Azizova Zuxra Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek populyasiyasida fertillikning buzilishiga olib keladigan immunogenetik xavf omillari», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya, 03.00.03 – Molekulyar biologiya.Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/V900.
Ilmiy rahbarlar: Musaxodjaeva Dilya Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Ruzibakieva Malika Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Isanbaevna Landish Muxamedovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek populyasiyasida fertillikning buzilishiga olib keladigan immunogenetik xavf omillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek millatiga mansub tuxumdon polikistoz sindromli ayollarda IL-6, IL-17A, TNF- va IL-8 sitokinlar, tashqi genital endometriozli ayollarda esa IL-6, IL-17A, IL-18, IL-8 va VEFG-A sitokinlar miqdorlaridagi disbalans bilan bog‘liq birlamchi bepushtlik rivojlanishi aniqlangan;
ilk bor o‘zbek millatiga mansub bo‘lgan varikotsele sabab birlamchi bepushtlik mavjud erkaklarda IL-6, IL-17A, IL-18, TNF-, VEGF-A sitokinlar miqdori, reproduktiv tizimning surunkali kasalliklari sabab bo‘lgan birlamchi bepushtlik kuzatilgan erkaklarda esa IL-6, IL-17A, IL-18 sitokinlar konsentratsiyasi nazorat guruhi ko‘rsatkichlariga nisbatan ishonarli ortishi aniqlangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasiga mansub bo‘lgan tashqi genital endometriozli va tuxumdon polikistozi sindromli ayollarda IL6 rs1800795, VEGFA rs2010963, TNFA rs1800629, IL17A rs2275913 sitokinlar polimorf variant genlari aniqlangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasidagi tashqi genital endometriozi bo‘lgan ayollarda IL6 rs 1800795, IL17A rs2275913 va tuxumdon polikistozi sindromi bo‘lgan ayollarda TNFA rs1800629, VEGFA rs2010963 genlarining genetik markerlari birlamchi bepushtlik kelib chiqishining xavf omillari ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbek populyasiyasida fertillikning buzilishiga olib keladigan immunogenetik xavf omillarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
turli genezli bepushtlik bor er-xotinlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan “Birlamchi bepushtlikda infertil er-xotinlarda sitokinlar holatining diagnostik ahamiyati” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 apreldagi 8n-r/326-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli genezli birlamchi bepushtlikda immun javob jarayonlari xususiyatlarini tavsiflovchi ma’lumotlar olishga va bepusht shaxslarni immunogenetik tashxislashga xizmat qilgan;
o‘zbek populyasiyasida fertillikning buzilishiga olib keladigan immunogenetik xavf omillarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amalietiga, jumladan, Buxoro viloyati Buxoro tumani tibbiyot birlashmasi va Navoiy viloyati Xatirchi tumani tibbiyot birlashmalari amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 8 iyuldagi 8n-r/365-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi bepushlikning turli shakllari bilan og‘rigan bemorlarning immunologik xususiyatlarini aniqlash, genetik xavf omillari asosida ushbu kasallikning prognostik markerlarini belgilash va o‘zbek populyasiyasiga mansub ayollarda kasallikni tashxislash va shakllanishini bashoratlash algoritmini yaratish imkonini bergan.