Abdullaev Ravshan Karimjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtadan tola va chigitlarni sifatli ajratishni ta’minlovchi pnevmomexanik jin mashinasini yaratish” 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T928
Ilmiy rahbar: Axmedxodjaev Xamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Kayumov Abdul-malik Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamasharipov Abdunabi, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinsozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Chigitli paxtadan tola va chigitlarni sifatli qilib, pnevmomexanik usulda ajratib olish hamda ushbu jarayonda energiya sarfini kamaytirish va import ehtiyot qismlari nomenklaturasini keskin qisqartirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chigitdan tolalarni ajratishda tola massasi ta’sirlashuv maydoni kattaligiga bog‘liq holda o‘zgarishini hisobga olgan holda tola ajratgichning ishchi tishli juft silindrlarni bir-biriga qarab aylanuvchi bir xil darajada og‘dirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tishli juft silindrlar tishlari bir-biriga qarab aylanuvchi silindrlar tolani mexanik shikastlanishsiz ajratib olishni ta’minlovchi, amaldagi arrali jindan farqli tola sifatini oshirish imkonini beruvchi ishchi silindr konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
paxta tolasini chigitdan ajratuvchi qurilmasining texnologik va konstruktiv o‘lchamlari, silindrning og‘ish burchagi va tishlar sonining ratsional qiymatlari bu ko‘rsatkichlarning tola ajratish jarayoni va sifatini oshirish samaradorligining eng yuqori qiymatini ta’minlash shartidan kelib chiqib aniqlangan;
paxta tolasini chigitdan ajratish samaradorligining ishchi tishli juft silindrlarning shakli va o‘lchamlariga bog‘liq holda chigitdan tolalarni tishli silindrlar tishlari qisib olishi bilan ajratishni ta’minlovchi konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtadan tola va chigitlarni sifatli ajratib olishni ta’minlovchi pnevmomexanik jin mashinasi konstruksiyasini yaratish bo‘yicha ilmiy – amaliy tadqiqotlar, natijalar asosida:
Paxtadan tola va chigitlarni ajratilishi bo‘yicha, arrali hamda valikli jinlardan tubdan o‘zgacha bo‘lgan pnevmomexanik jin mashinasida ishlab chaqarilgan tolalar va urug‘lik, texnik chigitlarni sifatini keskin oshirish imkonni beruvchi yangi jin konstruksiyasi “Namangan paxta teks” MChJ ga qarashli Kosonsoy paxta tozalash AJ da ishlab chiqarishga joriy etildi (“Kosonsoy paxta tozalash” AJ ning 2022 yil 19 dekabrdagi sinov va joriy etish dalolatnomasi). Natijada paxtadan tola va chigitlarni sifatli ajratilishi jarayonida paxta tolalarining sifati (Len, Unf, SFI, va Str) o‘rta hisobda 11,3% ga, urug‘lik va texnik chigitlar sifati, chigitlar shikastlanishini kamayishi hisobiga 34% ga oshirilishi ta’minlanmoqda.
Pnevmomexanik jin mashinasining eksperimental qurilmasida tolalarning yuqori o‘rtacha uzunligi 5,91% ga, uzunlik bo‘yicha birhillik indeksi 2,2 % ga, solishtirma uzilish kuchi 0.9% ga oshirilgan hamda tolalar tarkibidagi kalta tolalarni 34,03 % kamaytirilgani ishlab chiqarishda ko‘rib chiqildi (“ O‘zbekiston paxta – to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 22 iyundagi № 02/22-443- sonli ma’lumotnomasi); Paxta tolasining: S 65-24, S 82-86, Namangan-34, Namangan – 77, Andijon – 35 va Porloq – 2 seleksiya navlarini tabiiy sifati hamda pnevmomexanik jindan keyingi sifat ko‘rsatkichlari ISO xalqaro standarti asosida HVI laboratoriya tizimida testdan o‘tkazildi (O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash “SIFAT” markazi Namangan xududiy laboratoriyasi sinovi natijalarini ma’lumotnomasi 2017 yil 19 aprel). Natijada paxta tolasi sifatini 11.3 % ga oshirilishi hisobiga yiliga 2.1 mlrd so‘m iqtisodiy samara olishga erishilgan.