Ishanov Javlon Xamidullaevichning
doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tomchilatib sug‘orish tizimi elementlarini hisoblashning gidravlik usullarini takomillashtirish”, 05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3524
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Maxmudov Ernazar Jumaevich texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jonqobilov Ulug‘murod Umbarovich, O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti “Umumiy texnika fanlari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor (05.09.07). Eshev Sobir Samatovich “Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti” Gidravlika va gidroinshootlar kafedrasi mudiri texnika fanlari doktori, professor (05.09.07).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: tomchilatib sug‘orish tizimi elementlarini hisoblashning gidravlik usullarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dala tadqiqotlari asosida tomchilatib sug‘orish tizimi quvurlarida turli bosimlarda quvur uzunligi bo‘yicha tomizgichlardagi suv sarfining o‘zgarishini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
Jukovskiy tenglamasi asosida tomchilatib sug‘orish tizimidagi egiluvchan quvuri tanlangan qismida aralashmaning beqaror harakatida oqim tezligi uchun gidravlik ifoda ishlab chiqilgan;
D.Bernulli tenglamalariga asosan tomchilatib sug‘orish quvurida suvga o‘g‘it arlashmasi qo‘shilgandagi gidravlik jaryonlardagi beqaror harakat uchun matematik model ishlab chiqilgan;
eksperemental tadqiqotlari asosida tomchilatib sug‘orish quvurlari uzunligi bo‘yicha sarf va bosimning bir tekis taqsimlanishi uchun 3 xil tomizgichli sug‘orish quvurlarining maqbul gidravlik parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tomchilatib sug‘orish tizimi elementlarini hisoblashning gidravlik usullarini takomillashtirish borasida olingan ilmiy-amaliy natijalar:
ko‘p fazali suyuqliklar modeli va tomchilatib sug‘orishdagi gidravlik jarayonlar: tomchilatib sug‘orish quvuri uzunligi bo‘yicha o‘g‘it aralashmasi qo‘shilgan va qo‘shilmagan holatlarida tizimdagi bosimga ta’siri borasidagi tadqiqot natijalari Yuqori Chirchiq tumani irrigatsiya bo‘lim hududidagi “Dutbaev Davlet” fermer xo‘jaliligi faoliyatida joriy etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 2-iyundagi №03/37-1691-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jalik ekin maydonlarida tomchilatib sug‘orish quvur uzunligi bo‘yicha o‘g‘it aralashmasi qo‘shilgan va qo‘shilmagan holatlarining suv bosimiga ta’siri aniqlanib uning tizimga salbiy oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari belgilangan.
tomizg‘ichlari oralig‘i 50; 40; 30 sm bo‘lgan tomchilatib sug‘orish egiluvchan quvurlarining gidravlik jihatdan maqbul ko‘rsatkichlari Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlar havza boshqarmasi sug‘orish tarmoqlaridan foydalanuvchi fermer xo‘jliglarida joriy etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 2-iyundagi №03/37-1691- sonli ma’lumotnomasi). Natijada tomchilatib sug‘orish quvurlarining maqbul uzunliklari belgilanib, qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirishda suv resurslarini tejash imkoniyatlari yaratilgan;
tomchilatib sug‘orish quvuri uzunligi bo‘yicha bosim o‘zgarishini ifodalash usuli Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlar havza boshqarmasi sug‘orish tarmoqlaridan foydalanuvchi fermer xo‘jliglarida joriy etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 2-iyundagi №03/37-1691- sonli ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish quvuridagi behuda sarflar tomizg‘ichliklar oralig‘i: 50,0 sm da 83,02%dan 10,70%ga; 40,0 sm da 44,98% dan 10,86 % ga; 30,0 sm da 72,34% dan 11,65 % ga kamaytirilgan;
tomchilatib sug‘orish tizimini er maydoni nishabligiga bog‘liq holatida taqsimlovchi va sug‘orish quvurlaridagi suv sarfni quvur uzunligi bo‘yicha bir tekis taqsimlanishi Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlar havza boshqarmasi tizimi tashkilotlari tasarufidagi sug‘orish tarmoqlaridan foydalanuvchi fermer xo‘jaliklarida joriy etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 2-iyundagi №03/37-1691- sonli ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish quvuri uzunligi bo‘yicha bosim va suv sarflarini rostlash usullari tomchilatib sug‘orishdan keng foydalanish imkoniyatini yaratilgan.