Burxanova Nilufar Jalolitdinovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xitozan hosilalarining elektron xarakteristikalari va reaksion qobiliyatlari”, 01.04.06 –  Polimerlar fizikasi (fizika-matematika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/FM891
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nurgaliev Ilnar Nakipovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Potyomkin Igor Ivanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor  
Abdurahmonov Umarbek, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Xitozanning turli birikmalar bilan o‘zaro ta’sirini nazariy jihatdan o‘rganish, uning hosilalari hosil bo‘lishini, ularning reaksion qobiliytlarini tavsiflash, shuningdek, adabiyotlardagi eksperimental natijalarini nazariy jihatdan tasdiqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor kvant barqarorligi tahlili doirasida sulfat xitozan hosilalarini olishda xlorsulfon kislotasi xitozan bilan o‘zaro ta’sirlashishda katta potensialga ega organik kislotalardan biri deb aniqlangan;
ilk bor xitozan askorbat nanozarrachalarining modeli olingan;
ilk bor Bombyx mori oqsili tarkibiga kiruvchi aminokislotalarning xitozan bilan o‘zaro ta’sir modeli yaratildi, kompleks barqarorligi va reaksion qobiliyat ko‘rsatkichlari qiymatlari hisoblandi;
Cu3Agm (3≤m≤20) tarkibining bimetall klassterlari o‘rganilgan, Ag atomi Cu atomi bilan interfeys hosil qilishda subklasterlarning segregatsiyalangan namunasini namoyon qila olishi ko‘rsatilgan;
Karbokimetilsellyuloza (KMS) ning –NH3+ va –COO- guruhlar orasida o‘zaro  elektrostatik ta’sirlashish hisobiga xitozan KMSning polielektrolit komplekslari hosil bo‘lishi, hamda bu jarayonga rN aralashma va deatsetillash darajasi ta’siri ko‘rsatilgan;
xitozan matrisasida gidroksiappatitni to‘ldiruvchi sifatida qo‘llash fazalararo o‘zaro ta’sir kuchlari hisobiga nanokompozitning mexanik barqarorligini oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xitozan hosilalarining elektron xarakteristikalari va reaksion qobiliyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yaratilgan nazariy modellar, xususan xitozanning sulfatlovchi agentlar (xlorsulfon va sulfamin kislotalari) bilan reaksiyasini o‘rganish hamda sulfatlangan xitozan hosilasi tadqiqotlari,  askorbat xitozan nanozarrachalari modelini o‘rnatish natijalari, Cu/Ag bimetall klasterlarining barqarorligi va shakllanishi tadqiqot natijalari BAA Sharja Amerika universitetining yagona tadqiqot markazi, Fizika bo‘limida FRG # FRG23-C-S56 tadqiqot loyihasida (UAE American University of Sharjah xati 03.10.2023) foydalanildi;
kvant-nazariy hisoblashlar, hisoblangan xarakteristikalar va xitozan monomeri bilan xlorsulfon kislotasining ta’sirlashuvi optimizatsiyalangan modeli,  xitozanning sulfat hosilasi uchun reaksion qobiliyati hisoblangan deskriptorlaridan Fudan Universitetining loyihasi doirasida foydalanilgan (Xitoy, Fudan Universitetining xati 13.11.2023)

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish