Berdinazarov Qodirbek Nuridin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Polipropilen va uning asosidagi polimer aralashmalarda nanostrukturalar turini hosil qilish, tuzilishi va xususiyatlari” 01.04.06 - Polimerlar fizikasi va 02.00.12 - Nanokimyo, nanofizika, nanotexnologiya (fizika – matematika fanlari) ixtisosliklari bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/FM890
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ashurov Nigmat Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Abdurahmonov Umarbek, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Ataxanov Abdumutolib Abdupatto o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Fan va taraqqiyot” Davlat unitar korxonasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi polipropilen va poliamid-6 asosidagi polimer aralashmalarda nanotuzilmalarni hosil qilish va bu tuzilmalarni polimer aralashmalarining morfologiyasini shakllantirishdagi rolini va ularning o'zaro reologik, termik (kristallanish va erish harorati) va yakuniy elastik-mustahkamlik xususiyatlariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompatibilizator tarkibi va aralashtiruvchi qurilmalarning konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan, polipropilen asosidagi interkalyasiyalangan va eksfolyasiyalangan nanostrukturalarni shakllantirish shartlari aniqlandi;
ilk bor polipropilen/poliamid-6 aralashmalarida, polipropilen va poliamid-6 asosidagi nanokompozitlarning kompatibilizatsiyalash – dispers fazaning nano o‘lchamlardagi zarrachalarini barqarorlashtiruvchi effekti topildi;
ilk bor nanokompozitlar ishtirokidagi aralashmalarda komponentalarining erishi va kristallanish haroratlarida sezilarli o‘zgarishlar aniqlandi (poliamid-6 matrisa bo‘lgan hollarda uchta erish cho‘qqisi paydo bo‘lib, nomukammal kristallitlar hosil bo‘lishi tufayli polipropilen fazasining erish temperaturasi sezilarli pasayadi, polipropilen matrisa bo‘lganda esa poliamid-6 fazasi kritallanmasdan amorf holatda qoladi);
eksfolyasiyalangan poliamid-6 nanokompozitlari interkalyasiyalangan polipropilen (15%) bilan solishtirganda elastiklik moduli va mexanik kuchlanish qiymatlarni (50% dan ortiq) kuchaytirishda samaraliroq ekanligi aniqlandi, xuddi shu tendensiya ularning aralashmalarida ham namoyon bo‘ladi, klassik kompatibilizator va polipropilen nanokompozitlari aralashmasi optimal mexanik xossalar – elastiklik moduli (30%), mexanik kuchlanish (55 MPa) va yaxshilangan deformatsiya qiymatlarini (360%) namoyon etishi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Polipropilen va uning asosidagi polimer aralashmalarda nanostrukturalar turini hosil qilish, tuzilishi va xususiyatlari bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patent olingan (FAR 01873, 25.03.2021 y.). Natijada polimer nanokompozitlar va polimer aralashmalar asosidagi materiallar sanoatda ishlatiladigan metall konstruksiyalar o‘rnini bosuvchi arzon va sifatli detallardan foydalanish imkonini bergan;
Polipropilen, poliamid-6 va qatlamli silikatlar asosidagi polimer nanokompozitlar va polimer aralashmalar “Fan va taraqqiyot” DUK da Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida 2018-2020 yillarda, t.f.d., professor N.S. Abed rahbarligida bajarilgan F-7-93- sonli “Turli xil maqsadga yo‘naltirilgan samarali kompozisiyon polimer materiallarni olish uchun kompozisiyalar komponentlarini fizik-kimyoviy o‘zaro ta’sir mexanizmini tadqiq etish va ularning xossalarini o‘zgarishi va boshqarilish qonuniyatlarini o‘rganish” mavzusidagi fundamental loyihada qo‘llanilgan (Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Fan va taraqqiyot” DUK ning 2023 yil 8-iyundagi 485-01 sonli ma’lumotnomasi).