Karimova Dildora Kamilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali gastritlarda oshqozon shilliq qavatida atrofik jarayonlar rivojlanishining molekulyar – genetik mexanizmlari» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1653.
Ilmiy rahbar: Sobirova Guzal Naimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Hamraev Abror Asrarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gil`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: H. pylori bilan bog‘liq surunkali noatrofik va atrofik gastrit bilan og‘rigan bemorlarda H. pylori infeksiyasi CagA musbat shtammlarining EPIYA motivlari assotsiatsiyasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor surunkali H. pylori bilan bog‘liq gastrit bilan og‘rigan bemorlarda SagA+ H. pylori shtammlari assotsiatsiyasi aniqlangan;
EPIUA C motivlarining mavjudligi va H. pylori shtammlarining Cag-ABC-ABCCC kombinatsiyasi, hamda, surunkali H. pylori bilan bog‘liq gastritning atrofik shakllari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlangan;
surunkali gastrit bilan og‘rigan bemorlarda EPIUA C motivlari va H. pylori shtammlarining Cag-ABC-ABCCC kombinatsiyasi va eradikatsion terapiya samaradorligi ko‘rsatkichi o‘rtasida manfiy korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
surunkali gastrit bilan og‘rigan bemorlarda atrofik gastrit darajasiga qarab, eradikatsion terapiya samaradorligini oshirishga imkon beruvchi davo takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Ekspert Kengashining 2023 yil 28 oktyabrdagi 04/90-sonli xulosasiga ko‘ra:
Birinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba surunkali H. pylori bilan bog‘liq gastrit bilan og‘rigan bemorlarda SagA+ H. pylori shtammlari assotsiatsiyasi aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 22.02.2023 yildagi 43-I-sonli buyruq, Qashqadaryo ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 14.03.2023 yildagi 44/3 - sonli buyruq, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 26.06.2023 yildagi 65-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 27.07.2023 yildagi 46-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali gastrit bilan og‘rigan bemorlarda N. pylori ning taklif etilgan CagA geni assotsiatsiyasini o‘rganish atrofik jarayonlar rivojlanishini erta aniqlashga, bu esa o‘z navbatida oshqozon saratoni rivojlanishinig birlamchi profilaktikasini o‘tkazishga imkon beradi, erta tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali gastrit bilan og‘rigan bemorlarda N. pylori ning CagA genini bemorlarning najas analizidan PZR orqali aniqlanishi, boshqa kasalliklarning differensial tashxisi uchun zarur bo‘lgan laborator markerlar, instrumental tekshiruvlar va tor mutaxassislar ko‘riklari uchun kerak bo‘ladigan ortiqcha sarf – xarajatlar hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Natijada surunkali gastritni erta tashxislash natijasida 1 nafar bemor hisobiga mablag‘ning o‘rtacha 640000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa: O‘zbekistonda ilk bor surunkali N. pylori bilan bog‘liq gastrit bilan og‘rigan bemorlarda SagA shtammlari assotsiatsiyasi o‘rganilib, surunkali gastrit kasalligini erta tashxislash natijasida 1 nafar bemor hisobiga o‘rtacha 640000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
Ikkinchi ilmiy yangilik: EPIUA C motivlarining mavjudligi va H. pylori shtammlarining Cag-ABC-ABCCC kombinatsiyasi, hamda, surunkali H. pylori bilan bog‘liq gastritning atrofik shakllari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 22.02.2023 yildagi 43-I-sonli buyruq, Qashqadaryo ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 14.03.2023 yildagi 44/3 - sonli buyruq, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 26.06.2023 yildagi 65-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 27.07.2023 yildagi 46-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali gastrit bilan og‘rigan bemorlarda N. pylori ning CagA geni EPIUA motivlarining polimorfizmlarini o‘rganish profilaktik va erta tashxislash chora – tadbirlarini samarali qo‘llash, hamda bemorlarning o‘z salomatligiga nisbatan mas’uliyatini oshirib, bemorlar hayot sifatini oshishiga yordam beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: N. pylori ning CagA geni EPIUA motivlarining polimorfizmlarini o‘rganish atrofik gastrit uchun xavf omillarini aniqlash, zarur profilaktika choralarini ko‘rish va davolanishni optimallashtirish tufayli bemorlar va davlat uchun katta iqtisodiy samara beradi. 1) bemorlarni ortiqcha sarf xarajatlar bilan maxsus tayyorgarlik talab etadigan tekshiruvlarga ehtiyoj yo‘qligi hisobiga 1 bemor uchun 640 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan; 2) reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan.
Xulosa: N. pylori shtammlarining EPIUA C motivlarining mavjudligi va surunkali N. pylori bilan bog‘liq gastritning atrofik shakllari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlanishi ixtisoslashgan shifoxonalarni jalb qilmasdan birlamchi bo‘g‘inda erta muddatlarda davolash va profilaktika choralarini rejalashtirish imkonini berdi. Bu bemorlarning davolanishini nazorat qilish kasallikning og‘irlashishini oldini olish, kasalxonaga yotqizmaslik imkonini berdi.
Uchinchi ilmiy yangilik: surunkali gastrit bilan og‘rigan bemorlarda EPIUA C motivlari va H. pylori shtammlarining Cag-ABC-ABCCC kombinatsiyasi va eradikatsion terapiya samaradorligi ko‘rsatkichi o‘rtasida manfiy korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 22.02.2023 yildagi 43-I-sonli buyruq, Qashqadaryo ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 14.03.2023 yildagi 44/3 - sonli buyruq, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 26.06.2023 yildagi 65-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 27.07.2023 yildagi 46-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan usulda EPIYA C motivlarini aniqlash orqali surunkali gastrit bilan og‘rigan bemorlarda asoratlar rivojlanishini erta aniqlash, asoratlarni erta tashxislash imkonini beradi va davolash sifatini yaxshilaydi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning shifoxonada davolanish muddatini o‘rtacha 10 kundan 8 kungacha qisqartirib. shifoxonada qolish to‘lov miqdorini taxminan 300 ming so‘mga kamaytirgan (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 150.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi hisobiga 110000 so‘mlik dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 55 000 so‘m dori vositalari sarflanadi).
Xulosa: surunkali gastrit bilan og‘rigan bemorlarda N. pylori shtammlarining EPIUA C motivlarini hisobga olgan holda davolash rejasini tuzish, kasallik asoratlari rivojlanishini oldini olishga va shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish hisobiga 310 000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali gastrit bilan og‘rigan bemorlarda atrofik gastrit darajasiga qarab, eradikatsion terapiya samaradorligini oshirishga imkon beruvchi davo takomillashtirilgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 22.02.2023 yildagi 43-I-sonli buyruq, Qashqadaryo ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 14.03.2023 yildagi 44/3 - sonli buyruq, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 26.06.2023 yildagi 65-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 27.07.2023 yildagi 46-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Surunkali gastrit bilan og‘rigan bemorlarda taklif qilingan tashxis va davolash algoritmini qo‘llash nogironlik va o‘limga olib keluvchi kasalliklarni oldini olish, hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 8 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 300 ming so‘mga kamaytirgan (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 150.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi hisobiga 110000 so‘mlik dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 55 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, reabilitatsiya) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. 1 bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 450000 so‘mni tashkil etadi.
Xulosa: surunkali gastrit bilan og‘rigan bemorlarda atrofik gastrit darajasiga qarab, eradikatsion terapiya samaradorligini oshirishga imkon beruvchi, optimallashtirilgan eradikatsion terapiya algoritmi ishlab chiqilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 150 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Karimova Dildora Kamilovnaning “Surunkali gastritlarda oshqozon shilliq qavatida atrofik jarayonlar rivojlanishining molekulyar – genetik mexanizmlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Ekspert Kengashining 2023 yil 28 iyuldagi 02/90 – sonli xulosasi olingan.