Abdullaeva Nilyufar Qaxramanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ««Kobafen» va «Kal`siy folinat» liofil preparatlarini standartlash va sifatini nazorat qilish», 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Far79.
Ilmiy rahbar: Xusainova Rayxona Ashrafovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Urmanova Flyura Faridovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Nishanbaev Sabir Zaripbaevich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ««Kal`siy folinat» va «Kobafen» liofil dori preparatlarini sifatini nazorat qilishning yangi usullarini ishlab chiqish, standartlash, validatsiyalash hamda me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kobafen» va «Kal`siy folinat» liofil preparatini standartlashtirish va sifatini nazorat qilish metodologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor «Kobafen» dori preparati tarkibidagi mekobalamin va diklofenak natriyning chinligi, tozaligi hamda ta’sir etuvchi moddalarining miqdorini aniqlash uchun YuSSX usuli ishlab chiqilgan;
«Kal`siy folinat» liofil preparatining chinligini aniqlash va miqdoriy tahlilini olib borish uchun unifisirlangan usul sifatida spektrofotometrik usul ishlab chiqilgan;
liofilizatsiya bosqichini qo‘llash natijasida «Kobafen» va «Kal`siy folinat» dori preparatlari tarkibidagi yot moddalar miqdori substansiyaga nisbatan kamayishi yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usuli yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Kobafen» va «Kal`siya folinat» liofil preparatlarini standartlash va sifatini nazorat qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kobafen» 10 mg in’eksion eritmasini tayyorlash uchun kukunga korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-16327128-4487-2021) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, № DV/M 03676/02/21). Ushbu me’yoriy hujjatni tasdiqlanishi yuqori samarali antidot ta’sirga ega liofil dori preparatlari assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Kal`siy folinat» 50 mg, 100 mg va 300 mg in’eksion eritmasini tayyorlash uchun kukunga korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-16327128-4965-2022) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, №DV/M 04117/05/22). Ushbu me’yoriy hujjatni tasdiqlanishi yallig‘lanishga qarshi liofil dori preparatlari assortimentini kengaytirish hamda ishlab chiqarish imkonini bergan.