Aromov Tolmas Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hisor davlat qo‘riqxonasi florasi», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/B718.
Ilmiy rahbar: Turginov Orzimat Turdimatovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.B.70.03.
Rasmiy opponentlar: Yoziev Lutfullo Xabibullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Esanov Husniddin Qurbonovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hisor davlat qo‘riqxonasi florasining tur tarkibini aniqlash va turlarning tarqalishini aks ettiruvchi to‘r tizimli xaritasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Hisor davlat qo‘riqxonasi florasining 71 oila, 457 turkumga mansub 1298 turdan iborat tarkibi aniqlangan, floraning konspekti tuzilib, turlarning hududda tarqalishini aks ettiruvchi to‘r tizimli xaritalari yaratilgan hamda tadqiqot hududi uchun yangi hisoblangan10 turdan iborat floristik topilmalar aniqlangan;
qiyosiy tahlil asosida qo‘riqxona florasining turlar boyligi va zichligiga ko‘ra O‘zbekistondagi boshqa qo‘riqxonalarga nisbatan ustun ekanligi ochib berilgan hamda Astragalus, Cousinia, Allium, Ranunculus, Oxytropis, Gagea singarilarning floradagi eng katta turkumlar ekanligi asoslangan;
florada Qadimiyo‘rtaerdengizi (24,26%), Pomiroloy (21,18%) areal sinflariga, gemikriptofit (50 %) biomorfasiga mansub turlarning ustunlik qilishi aniqlangan hamda Pomir Oloy areal sinfiga mansub bo‘lgan turlarning avtoxton ekanligi ochib berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan 34 ta turning, shuningdek, Qashqadaryo tipiga mansub deb topilgan 10 ta kamyob va endem turlarning floradagi yangi o‘sish populyasiyalari va lokaliteti aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hisor davlat qo‘riqxonasi florasini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Hisor davlat qo‘riqxonasi florasidan yig‘ilgan 71 oila, 457 turkumga mansub 1298 turning 12000 dan ortiq gerbariy namunalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASh) noyob ilmiy ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 28 fevraldagi 4/1255-398-son ma’lumotnomasi). Natijada, gerbariy namunalari noyob ob’ektning O‘rta Osiyo bo‘limi va G‘arbiy Hisor botanik-geografik okrugi o‘simliklari kolleksiyasini boyitgan va botany.uz ma’lumotlar elektron bazasini boyitish imkonini bergan;
Hisor davlat qo‘riqxonasi florasi zamonaviy tarkibiga oid xulosalar, kamyob, endem va O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga (2019) kirtilgan turlarning tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalari bilan mustahkamlangan ma’lumotlar, floraning zamonaviy konspekti O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (hozirgi vaqtdagi nomi) Qashqadaryo viloyati boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi 2023 yil 19 apreldagi 03-01/21-418-son ma’lumotnomasi). Natijada, Hisor davlat qo‘riqxonasi florasidagi O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga (2019) kiritilgan hamda kamyob va endem turlar tarqalgan hududlarni aniqlash, davlat kadastrini yuritish va ular populyasiyalarini muhofaza qilish choralarini ishlab chiqish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish