Tairova Zarangis Kamolidinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar patologiya rivojlanishining klinik-immunologik va genetik jixatlari", 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1884.
Ilmiy raxbar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Akbar Xatamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda klinik-immunologik va genetik xususiyatlarni tahlil qilish asosida yurak-qon tomir tizimidagi tarkibiy-funksional o‘zgarishlarni aniqlash hamda kardiovaskulyar patologiyani erta tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda eng ko‘p uchraydigan an’anaviy yurak-qon tomir xavf omillari jismoniy harakatsizlik, dislipidemiya va irsiy moyillik bo‘lib, kasallikning prognozi va beqarorlashuvi xavfini baxolash uchun prognostik marker ekanligi aniklangan;
yurak-qon tomir patologiyasini rivojlanishida revmatoid artritni yuqori immunologik faolligining (RF, SSPA, IL-6, TNF-α) muhim roli asoslangan;
revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir tizimidagi klinikadan oldingi strukturaviy-funksional (chap qorincha gipertrofiyasi, chap qorincha diastolik disfunksiyasi, umumiy uyqu arteriyasining intima-media kompleksining qalinlashishi) kabi o‘zgarishlar aniqlangan;
ilk bor revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda VEGF 936 genining gomozigotali mutant TT genotipi, xamda VEGF 936 (rs3025039) va MMP 9 1562 (rs3918242) genlarining geterozigotali ST genotipining tashuvchilarida yurak qon-tomir patologiyasini rivojlanish xavfi yuqori ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2023 yildagi 26 oktyabrdagi №56-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 27 noyabrdagi 13201-sonli xati yuborilgan):
Birinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda eng ko‘p uchraydigan an’anaviy yurak-qon tomir xavf omillari jismoniy harakatsizlik, dislipidemiya va irsiy moyillik bo‘lib, kasallikning prognozi va beqarorlashuvi xavfini baxolash uchun prognostik marker ekanligi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasida 2023 yil 30-sentyabrdagi 11-sonli buyruq bilan, Samarqand shahar SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 5 oktyabrdagi 97-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning og‘irlik darajasi, faolligi va rentgenologik bosqichiga qarab hamda an’anaviy yurak qon-tomir xavf omillari uchrash chastotasini hisobga olgan holda, kasallikni beqarorlashish xavfini xamda prognozini baholash uchun dastur yaratilgan va erta tashxislash mezonlari takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir patologiyasini erta tashxislash natijasida asoratlar soni kamaytirilgan va statsionarda davolash yotoq kuni 2 kunga qisqarganligi hisobida 240 000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda takomillashtirilgan diagnostika-davolash chora tadbirlarni qo‘llash natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini 240 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ikkinchi ilmiy yangilik: yurak-qon tomir patologiyasini rivojlanishida revmatoid artritni yuqori immunologik faolligining (RF, SSPA, IL-6, TNF-α) muhim roli Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasida 2023 yil 30-sentyabrdagi 11-sonli buyruq bilan, Samarqand shahar SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 5 oktyabrdagi 97-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: go‘daklar revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir patologiyasini erta tashxislashni takomillashtirish, profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish, RA bilan kasallangan bemorlarda hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni kamaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: RA bilan kasallangan bemorlarda YuQTT patologiyasini erta tashxislash, kasallik faolligini pasaytirish, remissiyani chaqirish natijasida o‘rin-kunlarni qiskarishi natijasida bitta bemorga belgilangan dori vositalarini iqtisod qilishga erishilgan. Shifoxonada 1 kunlik dori xarajatlari 56 000 so‘mni tashkil etadi, 2 kun uchun sarflanadigan mablag‘ miqdori 112 000 so‘m mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.
Uchinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir tizimidagi klinikadan oldingi strukturaviy-funksional (chap qorincha gipertrofiyasi, chap qorincha diastolik disfunksiyasi, umumiy uyqu arteriyasining intima-media kompleksining qalinlashishi) kabi o‘zgarishlar Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasida 2023 yil 30-sentyabrdagi 11-sonli buyruq bilan, Samarqand shahar SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 5 oktyabrdagi 97-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda yurak-qon tomir tizimidagi klinikadan oldingi strukturaviy-funksional holatini baxolash orqali kardiovaskulyar patologiya rivojlanishini bashoratlash sifatini yaxshilashga, nogironlik darajasini pasaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: RA bilan kasallangan bemorlarda YuQTT kasalliklarini aniqlash uchun EKG, Exo-KG, braxiotsefal arteriyalar ul`tratovush doplerografiyasi tekshirishlar o‘tkazilishi, kasallikni kechishini oldindan bashorat qilishga erishish, asoratlarning uchrash chastotasini kamaytirishi bilan izohlanadi. Bu o‘z navbatida bemorlarni ambulator murojaatlari sonini kamaytirishiga, oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun 40 000 so‘m sarflansa, 10 nafar RA bemorlarga qatnov uchun oilaviy poliklinikada xizmat ko‘rsatish umumiy 400 000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: RA bilan kasallangan bemorlarda YuQTT kasalliklarini aniqlash uchun instrumental tahlillar o‘tkazalishi kasallikni erta tashxislash va asoratlarini oldini olish natijasida 1 nafar bemorning 1 kuni hisobiga byudjet mablag‘larini 40000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda VEGF 936 genining gomozigotali mutant TT genotipi, xamda VEGF 936 (rs3025039) va MMP 9 1562 (rs3918242) genlarining geterozigotali ST genotipining tashuvchilarida yurak qon-tomir patologiyasini rivojlanish xavfi yuqori ekanligi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasida 2023 yil 30-sentyabrdagi 11-sonli buyruq bilan, Samarqand shahar SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 5 oktyabrdagi 97-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: RA bilan og‘rigan bemorlarda, YuQTT patologiyasini erta tashxislash uchun VEGF S936T (rs3025039) va MMP 9 C1562T (rs3918242) genlari va allellarining tarqalishini taxlil qilish orqali bemorlarining genetik moyilligini o‘rganish va klinik-laborator ko‘rsatkichlar orasida bog‘liqlikni belgilash natijasida kasallik rivojlanishi va kechishi darajasini o‘z vaqtida aniqlash va asoratlarini oldini olishi bilan izoxlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: RA bilan kasallangan bemorlarda YuQTT kasalliklarini aniqlash uchun genetik taxlillar olib borish, kasallikni rivojlanishi va kechishini oldindan bashorat kilishga erishish, asoratlarni uchrash chastotasini kamaytirishi bilan izoxlanadi. Bu o‘z navbatida bemorlarni ambulator murojaatlari sonini kamaytirishiga, oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun 40 000 so‘m sarflansa, 10 nafar RA bemorlarga qatnov uchun oilaviy poliklinikada xizmat ko‘rsatish umumiy 400 000 so‘mni byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: RA bilan kasallangan bemorlarda YuKTT kasalliklarini aniklash uchun genetik taxlillar utkazalishi kasallikni erta tashxislash va asoratlarini oldini olish natijasida 1 nafar bemorning 1 kuni hisobiga byudjet mablag‘larini 40000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar patologiya rivojlanishining klinik-immunologik va genetik jixatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 27 noyabrdagi 13201-sonli xati yuborilgan (Samarkand davlat tibbiyot universiteti 2023 yil 26 oktyabrdagi 56-son xulosasi).