Shodiev O‘lmas Mustafoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Siydik pufagi xavfsiz o‘smalarining morfogenezi va patomorfologiyasi”, 14.00.15 – Patologik anatomiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3040.
Ilmiy rahbar: Isroilov Rajaboy Isroilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institut huzuridagi PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshboev Erkin Abduxalimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xasanova Muxarrama Almaredanovna, tibbiyot anlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: siydik pufagining polip va papillomasining morfogenetik, patomorfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini baholash tartibini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siydik pufagi polip va papillomasi bilan xastalangan bemorlarning klinik-anamnestik ma’lumotlariga asoslangan tartibida xastalikning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
siydik pufagi papillomasida limfotsitlarning infiltratsiyalanishi, epiteliy qatlamiga migratsiyalanganligi va epiteliy hujayralari bilan simbioz va kaylotsitlar paydo bo‘lganligining morfogenezi va patomorfologik jihatlari xaqidagi ma’lumotlarning o‘ziga xosligi asoslangan;
siydik pufagi papillomasining immunogistokimyoviy markerlaridan CD20, CD3, Ki-67, Bcl-2, p-53 ekspressiyalanish darajasining miqdoriy ko‘rsatkichlari asosida apoptoz genlarning faollashuvi, limfotsit hujayralar ishtiroki, xavfsiz o‘sma hujayralarining proliferatsiyalanish darajasi va displastik o‘zgarishlari asoslangan;
siydik pufagi papillomasining stromasi o‘zgarishlari, yuzasidagi epiteliy to‘qimasining qavatlari hujayralari tarkibida displaziyaga xos bo‘lgan davrlardagi o‘zgarishlarini patomorfologik va immunogistokimyoviy jihatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yildagi 3 noyabrdagi 43-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik siydik pufagi papillomasida limfotsitlarning infiltratsiyalanishi, epiteliy qatlamiga migratsiyalanganligining patomorfologik jihatlarining o‘ziga xosligi asoslanganligi Buxoro filiali patomorfologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 18 maydagi 4/1-sonli buyruq bilan, Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosining patologik anatomiya bo‘limi 2023 yilning 18 maydagi 4/1-sonli buyruq bilan, Xorazm viloyati patologik anatomiya markazining 2023 yilning 27 maydagi 4/1-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash taktikasi siydik pufagi polip va papillomasi bilan xastalangan patsientlarning klinik-anamnestik ma’lumotlariga asoslangan tartibida xastalikning o‘ziga xos xususiyatlari kasallikni erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: siydik pufagi papillomasida limfotsitlarning infiltratsiyalanishi, epiteliy qatlamiga migratsiyalanganligining patomorfologik jihatlarining o‘ziga xosligi tashxislashda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bitta tashxis uchun 108000 so‘mga iqtisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Xulosa: siydik pufagi papillomasida limfotsitlarning infiltratsiyalanishi, epiteliy qatlamiga migratsiyalanganligi bashoratlashga sarf xarajatlarga shifoxonaning byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tashxislash uchun 108000 so‘mga iqtisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
Ikkinchi ilmiy yangilik siydik pufagi papillomasida limfotsitlarning infiltratsiyalanishini natijasida epiteliy hujayralari bilan simbioz va kaylotsitlar paydo bo‘lganligi xavfsiz o‘smalarning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini asoslanganligi Buxoro filiali patomorfologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 18 maydagi 4/1-sonli buyruq bilan, Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosining patologik anatomiya bo‘limi 2023 yilning 18 maydagi 4/1-sonli buyruq bilan, Xorazm viloyati patologik anatomiya markazining 2023 yilning 27 maydagi 4/1-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash tartibi siydik pufagi papillomasining gistogenezi, morfogenezi va patomorfologik jihatlari asosida bu kasalliklarning kelib chiqishi, rivojlanishi va klinik-morfologik ahamiyatini baholanganligi kasallikni tashxislash hamda urologlar shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: siydik pufagi papillomasining gistogenezi va morfogenezi tashxislashda immunogistokimyoviy markerlardan foydalanib tashxislash uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 1 bitta tashxis uchun 450000 so‘mga iqtisod qilish oshirish imkonini bergan. Xulosa: siydik pufagi papillomasining gistogenezi, morfogenezi va patomorfologik ko‘rsatkichlarni tashxislash uchun byudjetdan tashqari 450000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Uchinchi ilmiy yangilik siydik pufagi papillomasining immunogistokimyoviy markerlaridan CD20, CD3, Ki-67, Bcl-2, p-53 ekspressiyalanish darajasining miqdoriy ko‘rsatkichlari asosida apoptoz genlarning faollashuvi, limfotsit hujayralar ishtiroki, xavfsiz o‘sma hujayralarining proliferatsiyalanish darajasi va displastik o‘zgarishlari isbotlanganligi Buxoro filiali patomorfologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 18 maydagi 4/1-sonli buyruq bilan, Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosining patologik anatomiya bo‘limi 2023 yilning 18 maydagi 4/1-sonli buyruq bilan, Xorazm viloyati patologik anatomiya markazining 2023 yilning 27 maydagi 4/1-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash tartibi siydik pufagi papillomasining immunogistokimyoviy markerlaridan CD20, CD3, Ki-67, Bcl-2 va p-53 ekspressiyalanish darajasining miqdoriy ko‘rsatkichlarini davrlariga xastalikning xavf omillarning o‘rnini baholash bemorlar hayot sifatining pasayishi, nogironlikning oldini olishga qartilganligini isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: siydik pufagi papillomasining immunogistokimyoviy markerlaridan CD20, CD3, Ki-67, Bcl-2, p-53 ekspressiyalanish darajasining miqdoriy ko‘rsatkichlari asosida apoptoz genlarning faollashuvi, limfotsit hujayralar ishtiroki, xavfsiz o‘sma hujayralarining proliferatsiyalanish darajasi va displastik o‘zgarishlarini tashxislash uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 1 bitta tashxis uchun 450000 so‘mga iqtisod qilish oshirish imkonini bergan imkonini bergan. Xulosa: siydik pufagi papillomasining immunogistokimyoviy markerlaridan CD20, CD3, Ki-67, Bcl-2, p-53 ekspressiyalanish darajasining miqdoriy ko‘rsatkichlari tashxislash uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 1 bitta tashxis uchun 450000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
To‘rtinchi ilmiy yangilik siydik pufagi papillomasining stromasi o‘zgarishlari, yuzasidagi epiteliy to‘qimasining qavatlari hujayralari tarkibida displaziyaga xos bo‘lgan davrlardagi o‘zgarishlarini patomorfologik va immunogistokimyoviy jihatlari isbotlanganligi Buxoro filiali patomorfologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 18 maydagi 4/1-sonli buyruq bilan, Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosining patologik anatomiya bo‘limi 2023 yilning 18 maydagi 4/1-sonli buyruq bilan, Xorazm viloyati patologik anatomiya markazining 2023 yilning 27 maydagi 4/1-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan baholash va tashxislash tartibisiydik pufagi papillomasining stromasi o‘zgarishlari, yuzasidagi epiteliy to‘qimasining qavatlari hujayralari tarkibida displaziyaga xos bo‘lgan davrlardagi o‘zgarishlarini patomorfologik va immunogistokimyoviy jihatlarini samaradorligini asoslash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: siydik pufagi papillomasining stromasi o‘zgarishlari, yuzasidagi epiteliy to‘qimasining qavatlari hujayralari tarkibida displaziyaga xos bo‘lgan davrlardagi o‘zgarishlarini patomorfologik va immunogistokimyoviy jihatlarini baholash uchun sarf xarajatlarga byudjetdan tashqari mablag‘lardan 168000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: siydik pufagi papillomasining stromasi o‘zgarishlari, yuzasidagi epiteliy to‘qimasining qavatlari hujayralari tarkibida displaziyaga xos bo‘lgan davrlardagi o‘zgarishlarini patomorfologik va immunogistokimyoviy jihatlari baholash uchun sarf xarajatlarga shifoxonaning byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tashxislash uchun 168000 so‘mga iqtisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.