Xakimova Fazilat Abdusobirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xromatografiya usullarini qo‘llagan holda on-line rejimida bojxona ekspertizasini avtomatlashtirishning tashkiliy mexanizmi», 02.00.09–Tovarlar kimyosi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T383.

Ilmiy rahbar: Po‘latova Lola Tairxanovna, texnika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.28.03.2018.K/T.04.02.

Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Vaxobxon Umarovich, kimyo fanlari doktori; Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bojxona ekspertizasini on-line rejimda o‘tkazish sifatining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi model va algoritmlari bilan uyg‘unlashgan xromatografik tahlil usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

gaz-xramo-mass-spektrlash usullarini qo‘llash orqali noqonuniy aylanishdan olib qo‘yilgan namunalar sifatidagi sintetik kannabinoidlar – «spays»lar sinfiga kiruvchi noma’lum narkotik vositalarni identifikatsiyalash masalasini echish uchun yondashuvlar ishlab chiqilgan;

ustuvorlik berilgan tovarlar guruhi uchun gaz-xramo-mass-spektrlash davridagi ionlanish rejimini inobatga olgan holda xromatografik tahlilning ishonchlilik darajasini oshirishga imkon beruvchi usul asoslanib, birikmalarning eng kam parchalanishi va tahlil etilayotgan modda molekulyar massasidan parchalanish ioni olinishi mumkinligi isbotlangan;

tovarlar sifatini nazorat qilish va taqiqlangan moddalarni oldindan aniqlash hamda ularni xromatografik ajratish asosida avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beruvchi  on-line tartibda bojxona ekspertizasini avtomatlashtirishning tashkiliy mexanizmlari takomillashtirilgan;

bojxona ekspertizasini tashkil etishda vaqt tejamkorligi hamda iqtisodiy samaradorlikka erishishni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan tezkor boshqarish algoritmlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Xromatografiya usullarini qo‘llagan holda on-line rejimida bojxona ekspertizasini avtomatlashtirishning tashkiliy mexanizmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

noqonuniy aylanishdan olib qo‘yilgan namunalar sifatidagi sintetik kannabinoidlar – «spays»lar sinfiga kiruvchi noma’lum narkotik vositalarni identifikatsiyalash masalasini echish uchun yondashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining buyrug‘i (23.04.2016 y.; №104) bilan «Bojxona ekspertizasini tayinlash va o‘tkazish qoidalari»ga kiritilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2017 yil 29 dekabrdagi 03-05/16-10462-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi bojxona ekspertizasi jarayonida noma’lum narkotik vositalarni dastlabki tahlil qilish va xulosa tayyorlash vaqtini 4 ish kunidan 3 soatgacha qisqartirish imkonini bergan;

xromatografik tahlilning ishonchlilik darajasini oshirishga imkon beruvchi usul O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining buyrug‘i (28.05.2016 y.; №137) bilan «Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda majburiy tartibda bojxona ekspertizasi o‘tkaziladigan tovar ro‘yxati»ni takomillashtirishda foydalanilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2017 yil 29 dekabrdagi 03-05/16-10462-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi birikmalarning eng kam parchalanishi va tahlil etilayotgan modda molekulyar massasidan parchalanish ioni olinishi mumkinligi ta’minlanib, mazkur tovarlarning TIF TN kodlarini kimyoviy tarkibi asosida sinflash va tasniflash hamda xronometraj asosida qaror qabul qilish vaqtini 1,57 ish kunidan 0,8 ish kunigacha qisqartirish imkonini bergan;

bojxona ekspertizasini tashkil etishning funksional axborot GX/MS – IDEF0 – modeli O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining buyrug‘i (5.12.2015 y.; №311) bilan «Tovarlarning bojxona ekspertizasi avtomatlashtirilgan axborot tizimi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2017 yil 29 dekabrdagi 03-05/16-10462-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi barcha bojxona postlari, hududiy bojxona boshqarmalarida tovarlarning bojxona ekspertizasini tashkil etish jarayonida foydalanish yo‘lga qo‘yilib, ushbu jarayon on-line rejimida elektron amalga oshirilishi tufayli bir yilda 1,14 tonna qog‘oz iqtisod qilinishiga imkon bergan;

bojxona ekspertizasining avtomatlashtirilgan boshqaruvi bo‘yicha takliflar bojxona amaliyotiga joriy qilingan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2017 yil 29 dekabrdagi 03-05/16-10462-son ma’lumotnomasi).  Ilmiy natijalarning joriy qilinishi «GC-5890 series II» bo‘lgan mass selektiv detektorli gaz xromatografida qo‘llaniladigan, metrologik attestatning mazmuni, tartibi va metodologiyasini belgilovchi sertifikatlash dasturi bojxona ekspertizasi uchun sarflanadigan vaqtni 48,9%ga qisqartirib,  sarflanadigan 1,2 mlrd. so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish