Kim Vladimir Safronovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sovid-19 o‘tkazgan ayollarni pregravidar tayyorlash tamoyillarini takomillashtirish” 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2351.
Ilmiy raxbar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Negmadjanov Boxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muslimova Sof`ya Yur`evna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: B.N. El`sin nomidagi Kirgiz-Rossiya Slavyan universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pregravidar tayyorgarlik tamoyillarini takomillashtirish orqali COVID-19 o‘tkazgan va homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarning reproduktiv funksiyasini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 o‘tkazgan  ayollarda homiladorlik jarayonining xususiyatlari, shuningdek, kasallikning o‘rtacha va og‘ir shakllarida homiladorlikning turli trimestrlarida homiladorlik oqibatlari aniqlangan;
ilk bor COVID-19 o‘tkazgan va kelajakda homiladorlikni rejalashtirayotgan reproduktiv yoshdagi ayollarni reabilitatsiya chora tadbirlari bilan birgalikda  pregravidar tayyorlash zarurligi asoslangan;
ilk bor COVID-19 o‘tkazgan reproduktiv yoshdagi ayollarning sog‘lig‘ini baholash uchun ishlab chikilgan dastur asosida homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarni pregravidar (psixologik holatni tiklash, makro va mikroelementlarni buyurish, gemostaz tizimini tiklash va post-Covid sindromi belgilarini bartarf etish) tayyorlashning individual rejasi tuzilgan.
COVID-19 o‘tkazgan homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollar organizmiga kasallikning bevosita va uzoq muddatli ta’siri aniqlangan va pregravidar tayyorgarlikning maqsadga muvofiqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 27 noyabrdagi 70-son xulosasiga ko‘ra:
Birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan  ayollarda homiladorlik jarayonining xususiyatlari, shuningdek, kasallikning o‘rtacha va og‘ir shakllarida homiladorlikning turli trimestrlarida homiladorlik oqibatlari aniqlangan.Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar 7 son Oilaviy poliklinika 12.06.2023 yildagi 67\5-sonli buyruq hamda Samarqand shaxar 4-son Oilaviy poliklinika  08.07.2023 yildagi 132/1-sonli buyruq amaliyotiga joriy etilgan. Pastdargom TTB tugruk majmuasiga 28.07.2023 yildagi 52/1-sonli buyruq amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Sovid-19 o‘tqazgan predgavidar tayyorgarlikka muxtoj bulgan reproduktiv yoshdagi ayollarni aniqlash uchun ishlab chiqilgan algoritm orqali diagnostika va davolash samaradorligi yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Sovid-19 o‘tqazgan predgavidar tayyorgarlikka muxtoj bulgan reproduktiv yoshdagi ayollarni aniqlashga qaratilgan algoritm orqali nafaqat akusher ginekolog tomonidan aniqlanadi, balki oilaviy shifokorlar tonidan ham aniqlash imkonini beradi ya’ni unga maxsus malaka oshirgan shifokorlar shart emasligi isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan yangi kadr tayyorlashga xojat yo‘qligi hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Xomiladorlikning turli bosqichlarida Sovid-19 kasalligini kechishining uziga xos xususiyatlarini aniqlash orqali xomiladorlik davrida yuzaga kelishi mumkin bulgan asoratlar oldini olishga erishiladi .
Ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 o‘tkazgan va kelajakda homiladorlikni rejalashtirayotgan reproduktiv yoshdagi ayollarni reabilitatsiya chora tadbirlari bilan birgalikda  pregravidar tayyorlash zarurligi asoslangan;. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar 7 son Oilaviy poliklinika 12.06.2023 yildagi 67\5-sonli buyruq hamda Samarqand shaxar 4-son Oilaviy poliklinika  08.07.2023 yildagi 132/1-sonli buyruq amaliyotiga joriy etilgan. Pastdargom TTB tugruk majmuasiga 28.07.2023 yildagi 52/1-sonli buyruq amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 COVID-19dan keyin reproduktiv yoshdagi ayollarda predgavidar tayyorgarlik orqali ayollarga kerakli va kam xarj laborator tekshiruvlar utqazish orqali 450.123 ming sum iqtisod qilingan.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Taklif etilgan individual reabilitatsiya choralari orqali : 1) ayollarni shifoxonada qolish muddatini 10  kundan 6 kungacha qisqartirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan; 2) shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga xarajatlar kamaygan (1 kunga o‘rtacha 38.600 ming so‘m sarflanadi).Xulosa: individual reabilitatsiya usulini qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 38.600 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 o‘tkazgan reproduktiv yoshdagi ayollarning sog‘lig‘ini baholash uchun ishlab chikilgan dastur asosida homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarni pregravidar (psixologik holatni tiklash, makro va mikroelementlarni buyurish, gemostaz tizimini tiklash va post-Covid sindromi belgilarini bartarf etish) tayyorlashning individual rejasi tuzilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar 7 son Oilaviy poliklinika 12.06.2023 yildagi 67\5-sonli buyruq hamda Samarqand shaxar 4-son Oilaviy poliklinika  08.07.2023 yildagi 132/1-sonli buyruq amaliyotiga joriy etilgan. Pastdargom TTB tugruk majmuasiga 28.07.2023 yildagi 52/1-sonli buyruq amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan takomillashtirilgan predgavidar tayyorlash usullari xar bir Sovid 19 kasalligini utqazgan xomilador uchun individual reabilitatsiya rejasi tuzilishi orqali  keyingi xomiladorlik yuzaga kelishi mumkin bulgan asoratlarni bartaraf kilishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarni pregravidar tayyorlashning individual rejasi tuzish orqali ushbu ayollarda diagnostika va davolash algoritmi ishlab chikarilishi natijasida 1) taklif etilgan reabilitatsiya tavsiyalari orqali ayollarda postkovid sindromining oldi olininish orqali davolanishga talab qilinadigan sarf xarajatlar 350.600 sumdan 150.456 ming sumga kamaytirilgan 2)reabilitatsiya davri esa 3 oydan 24 kungacha kamaytirishga erishilgan. Xulosa: diagnostika va davolash algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 45 % iqtisod qilish imkonini berdi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollar organizmiga kasallikning bevosita va uzoq muddatli ta’siri aniqlangan va pregravidar tayyorgarlikning maqsadga muvofiqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar 7 son Oilaviy poliklinika 12.06.2023 yildagi 67\5-sonli buyruq hamda Samarqand shaxar 4-son Oilaviy poliklinika  08.07.2023 yildagi 132/1-sonli buyruq amaliyotiga joriy etilgan. Pastdargom TTB tugruk majmuasiga 28.07.2023 yildagi 52/1-sonli buyruq amaliyotiga joriy etilgan Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan kompyuter dasturi pandemiya davrida ham, pandemiya tugaganidan keyin mavsumiy virusli kasalliklarga chalingan ayollar uchun ham foydali bulib. Tuzilgan GOOGLE FORMS so‘rovnomasidan kelajakda borish qiyin bo‘lgan joylarda ma’lumot to‘plash yoki homilador ayollar tibbiy muassasaga borish imkoni bo‘lmaganda ular bilan bog‘lanish, shuningdek, muammoga va erishilgan natijalarga e’tiborni jalb qilish uchun ishlatilishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarni pregravidar tayyorlashning individual rejasi tuzish orqali ushbu ayollarda diagnostika va davolash algoritmi ishlab chikarilishi natijasida 1) taklif etilgan reabilitatsiya tavsiyalari orqali ayollarda postkovid sindromining oldi olininish orqali davolanishga talab qilinadigan sarf xarajatlar 350.600 sumdan 150.456 ming sumga kamaytirilgan 2)reabilitatsiya davri esa 3 oydan 24 kungacha kamaytirishga erishilgan. Xulosa:diagnostika va davolash algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 45 % iqtisod qilish imkonini berdi.
«Covid-19 o‘tqazgan ayollarni predgavidar tayyorlash tamoyillarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 20 noyabrdagi 13058-sonli xati yuborilgan (Samarkand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert kengashi 2023 yil 24 aprel`dagi 18-son ma’lumotnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish