Daniyarbek Razmuxamedov Djaxangirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kompozit materiallardan tuzilish elementlarning kuchlanganlik xolatini matematik modellash», 05.09.01 – “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”va 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2142.
Ilmiy rahbar: Polatov Asxad Muxamedjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Abdullaev Farxad Baxramovich, matematika fanlari buyicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyatko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xotamov Asadulla Toshtemirovich,texnika fanlari doktori, professor; Nazirova El`mira Shodmonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: M.T.O‘rozboev nomidagi mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqikotning maqsadi: chekli elementlar usuli asosida kompozit materiallardan yasalgan konstruksiyalarni fizik chiziqli bo‘lgan deformatsiyalarining ikki o‘lchovli masalalarini echishning raqamli modelini ishlab chiqish, beton matrisadagi bazal`t tolasining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari va yong‘inga chidamligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘rib chiqilayotgan kompozitsion materialning fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini oshiradigan yuqori mustahkamlikdagi sementg‘betonni olish uchun bazalt tolasini standart beton matritsasida beton aralashmada mustahkamlovchi material sifatida qo‘llanilishi aniqlangan;
aniqlangan beton aralashmasining hajmidan 4% gacha bo‘lgan hajmli tarkibida dispers mustahkamlovchi materialning beton matritsadagi hajmli tarkibiga ta’sir qilish mexanizmi, bu strukturani yaxshilash orqali fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarning oshish va g‘ovaklikni kamaytirilishi aniqlangan;
turli miqyosdagi tolali temir-beton strukturasini tahlil qilish va o‘rganish asosida beton bog‘lovchining kompozit mineral komponenti sifatida bazalt tolasini kiritish yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotish uchun chegara ko‘rsatkichlarini ta’minlanishini oshirish va yong‘in sharoitida REIning yaxlitligi va issiqlik izolyasiyasi qobiliyatini ta’minlashi aniqlangan.
kompozit materiallardan yasalgan konstruksiya elementlarini deformatsiyalash masalalarini chekli elementlar usuli yordamida echish algoritmlari ishlab chiqilgan bo‘lib, bu kompozit materialning mexanik parametrlarini qisqa vaqt ichida hisoblash imkonini beradi, bu esa tanlangan hisoblash usuli takomilashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompozit materiallardan tayyorlangan konstruktiv elementlarning kuchlanish holatini matematik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amalda tadbiq etildi:
O‘zbekiston Respublikasi FVVXYoXIda har xil turdagi konstruksiyalarga mo‘ljallangan kompozit materiallardan tolali temir-betonning ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan tarkibi joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining 06.08.2022 yildagi №36/3-1374-son ma’lumotnomasi olingan). Ishning texnik-iqtisodiy samaradorligi kompozision materiallarning mexanik xususiyatlarini oshirish, konstruktorlik ishlari va dala sinovlarini o‘tkazish uchun xarajatlar va muddatlarni kamaytirishga erishilgan;
(FVV FV va Favqulodda vaziyatlar ilmiy-tadqiqot instituti sertifikati). O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi 2023 yil 3 apreldagi 38/2-292-son ma’lumotnomasi olingan. Yong‘in sharoitida harorat ta’sirida mustahkamligini saqlash va issiqlik izolyatsion parametlarini yuqori natijalarga oshirgan bazalt tolasi bilan standart beton matritsani dispers mustahkamlash asosida beton aralashmaning kompozit tarkibli materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Armirlangan dispers bazal`t fibra matrisali standart beton asosida engin sharoitida temperatura ta’sirida uzining butunligini va issiklik utkazuvchanligini yikotmaaydigan kompazision tarkibli materiallar olish texnologiyasi ishlab chikildi.