Yangiboev Dilshod G‘ulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligida lalmi erlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari”,
08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt673
Ilmiy rahbar: Askarov Nazimjon Niyozovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Baxodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Menglikulov Baxtiyor Yusupovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligida lalmi erlardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
lalmi erlarda dehqonchilik imkoniyatlarini “qurg‘oqchilik”, “yog‘ingarchilik” va “mahsuldor namlik” ko‘rsatkichlarini e’tiborga olgan holda indeks baholash usuli tavsiya etilgan;
qo‘shimcha sug‘orish uchun tik quduqlarni qazishni subsidiyalash asosida lalmi erlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish taklifi asoslangan;
lalmi erlarda mahsulot etishtiruvchilarni axborot bilan ta’minlash, ularga xizmat ko‘rsatish, o‘zaro samarali hamkorlik usullarini keng joriy etishga ko‘maklashish maqsadida “Lalmi er maydonlari analitik servis markazi”ni tashkil etish taklif etilgan hamda uni moliyalashtirish mexanizmlari asoslangan;
lalmi erlarda boshoqli don etishtirish dinamikasi, hosildorligi, yog‘in miqdori va boshqa omillarni inobatga olgan holda boshoqli don etishtirishning 2027 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligida lalmi erlardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
lalmi erlarda qurg‘oqchilik, yog‘ingarchilik va mahsuldor namlik ko‘rsatkichlarini e’tiborga olgan holda lalmi erlarning dehqonchilik imkoniyatlarini indeks baholash usuli bo‘yicha tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19-iyundagi 05/34-05/2979-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo viloyatida lalmi er maydonlariga ekinlarni optimal joylashtirish evaziga ishlab chiqarish rentabelligini
25 foizga oshirish imkoniyatining yaratilishi asoslangan;
qo‘shimcha sug‘orish uchun tik quduqlarni qazishni subsidiyalash asosida lalmi erlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19-iyundagi 05/34-05/2979-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisod qilingan mablag‘larni resurstejamkor texnologiyalardan foydalanishga yo‘naltirish orqali iqtisodiy samaradorlikni 15-20 foizga oshirish imkoniyatlarining yaratilishi asoslangan;
lalmi erlarda mahsulot etishtiruvchilarni axborot bilan ta’minlash, ularga xizmat ko‘rsatish, o‘zaro samarali hamkorlik usullarini keng joriy etishga ko‘maklashish maqsadida “Lalmi er maydonlari analitik servis markazi”ni tashkil etish hamda uni moliyalashtirish mexanizmlari bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19-iyundagi 05/34-05/2979-son ma’lumotnomasi). Natijada, lalmi erlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarning zamonaviy xizmatlar bilan ta’minlanishi bilan birgalikda mahsulot etishtirish samaradorligini oshirish zahiralarini yaratish imkoniyatlari asoslangan;
lalmi erlarda boshoqli don etishtirish dinamikasi, hosildorligi, yog‘in miqdori va boshqa omillarni inobatga olgan holda boshoqli don etishtirish prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqdim etilgan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan lalmi maydonlarida boshoqli don etishtirish samaradorligini oshirishga oid iqtisodiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19-iyundagi 05/34-05/2979-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2027 yilga borib, lalmi erlarda don etishtirish hajmini 173 foizga ortishi prognoz qilingan.