Muratov Shukrullo Abduraimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tomorqa xo‘jaliklari faoliyatidan keladigan daromadning oilalar farovonligiga ta’sirini baholash”, 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt2888
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Hasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Samieva Gulnoza Toxirovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tomorqa xo‘jaliklari faoliyatidan keladigan daromadning oilalar farovonligiga ta’sirini iqtisodiy baholash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oila farovonligini “ijtimoiy farovonlik”, “iqtisodiy farovonlik” va “ijtimoiy-iqtisodiy farovonlik” indeks ko‘rsatkichlari asosida baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv taklif etilgan hamda qishloq infratuzilmalari xizmatlarining ta’minlanganlik darajasini “past” va “yuqori” mezonlari ishlab chiqilgan;
tomorqa xo‘jaliklari daromadiga innovatsiyalar ta’sirini baholash asosida qishloqlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz, kam ta’minlangan oilalarning bandligi va daromadligini oshirishga asos yaratuvchi innovatsiyalarni jalb qilish mexanizmi taklif etilgan;
qishloq infratuzilmalarini rivojlantirishning oila ijtimoiy-iqtisodiy farovonligiga ta’siri baholangan hamda hududlarni rivojlantirish dasturlarini qishloq xo‘jaligi va noqishloq xo‘jalik faoliyatlari mutanosibligini ta’minlash asosida takomillashtirish taklif etilgan;
Samarqand viloyati tumanlari aholisi jon boshiga qishloq xo‘jaligi va noqishloq xo‘jalik faoliyatlaridan olingan nominal umumiy daromadning 2026 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tomorqa xo‘jaliklari faoliyatidan keladigan daromadning oilalar farovonligiga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
oila farovonligini “ijtimoiy farovonlik”, “iqtisodiy farovonlik” indeks ko‘rsatkichlari asosida baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 6 maydagi 05/34-05/2092-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand viloyati qishloqlarida “Obod mahalla” davlat dasturlarining amalga oshirish “ijtimoiy farovonlik indeksi”, “iqtisodiy farovonlik indeksi” va “ijtimoiy-iqtisodiy farovonlik indeksi”ni mos ravishda 0,168:0,157:0,237 koeffisientga oshishiga olib kelishi asoslangan;
tomorqa xo‘jaliklari daromadiga oila boshliqlarining noqishloq xo‘jaligi faoliyatida band bo‘lishi va tomorqa xo‘jalik a’zolari tomonidan faoliyatga joriy etilgan innovatsiyalar ta’sirini iqtisodiy baholash borasida berilgan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 6 maydagi 05/34-05/2092-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomorqa er egalari tomonidan tomorqachilikda innovatsiyalardan foydalanish hisobiga olingan daromadni 26,8 foizga oshirish imkoniyatining mavjudligi asoslangan;
qishloq infratuzilmalarini rivojlantirishning oila ijtimoiy-iqtisodiy farovonligiga ta’sirini baholash bo‘yicha berilgan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 6 maydagi 05/34-05/2092-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq infratuzilma xizmatlari indeksining 1 koeffisientga oshishi oila boshligʻini noqishloq xo‘jaligi faoliyatida band bo‘lish qarorini 32,8 foizga oshirishi asoslangan;
Samarqand viloyati tumanlari aholisi jon boshiga qishloq xo‘jaligi va noqishloq xo‘jalik faoliyatlaridan olingan nominal umumiy daromadning 2026 yilgacha bo‘lgan prognozi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 6 maydagi 05/34-05/2092-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2026 yilda aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi va noqishloq xo‘jalik faoliyatlaridan olingan nominal umumiy daromadning prognoz qiymati 14416,7 ming so‘mni tashkil etishi, 2021 yilga nisbatan 4563,5 ming so‘mga, yoki 146,3 foizga oshishi asoslangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish