Karaxodjaeva Gulchehra Mirsobirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olma bog‘lari hosildorligi va tuproq unumdorligini oshirishda qator oralarida chim-chirindi tizimini qo‘llashning samaradorligi (Toshkent viloyati sharoitida)”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx415
Ilmiy rahbar: Baymetov Karim Isaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik Mahmud Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Buriev Xasan Chutbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Rajametov Sherzod Nigmatullavich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati sharoitida olma bog‘ qator oralarida chim-chirindi tizimini qo‘llashning hosildorlikka va tuproq unumdorligini oshirishga ta’sirini aniqlash va ishlab chiqarishga tadbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor olma bog‘lari qator oralarida ko‘p yillik yashil o‘tlarni organik o‘g‘it sifatida qo‘llash orqali chim-chirindi tizimini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda qora shudgorga nisbatan qiyoslab uning ilmiy-iqtisodiy jihatdan afzalligi aniqlangan;
qizil sebarga + boshoqlilar aralashmasida olma navlarining yillik novdalari nazoratga nisbatan 40,3-55,4% uzun, daraxt tanasi diametri 10,5-18,0% katta, ildiz tizimi 38,7% uzun bo‘lgani va uning og‘irligi 1,3 barobar oshiqligi, barg soni 1,15 marta ko‘pligi, barg sathi 6,15 m2 kengligi hamda ularning 17,85 m2 dan katta bo‘lgan assimilyasion yuzani shakllantirganligi aniqlangan;
qizil sebarga + boshoqlilar aralashmasida olma navlari barglarida umumiy azot, fosfor va kaliy miqdori 1,35:1,4:1,15 nisbatda ko‘p to‘planishi, barglarda suv tanqisligi va suv yo‘qotishi nisbatan kam bo‘lishi aniqlangan;
qizil sebarga + boshoqlilar aralashmasida olma navlarida umumiy hosildorlik 33,2 s/ga yuqori va tovarbop mevalar ulushi 88,9-87,2 % bo‘lishi aniqlangan;
olma bog‘i tuproqlarida qizil sebarga + boshoqlilar aralashmasida yashil o‘tlarning tuproq yuzasi va ostidagi quruq massa ulushi (37,8 va 69,6%) hisobiga, organik moddani (gumus) ortishi haydalma qatlamda 0,47% ni, harakatchan shakldagi N-NO3, P2O5 va K2O miqdori esa 12,3-9,8-2,2 mg/kg ko‘p to‘planishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyati sharoitida olma bog‘lari hosildorligi va tuproq unumdorligini oshirishda qator oralarida chim-chirindi tizimini qo‘llashning samaradorligi bo‘yicha tadqiqotlar natijalari asosida:
«Bog‘lar hosildorligini oshirishda hamda mevalar sifatini yaxshilashda bog‘ qator oralarida chim-chirindi tizimini qo‘llash» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 04 fevraldagi 02/029-434 son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma bugungi kunda bog‘dorchilikka ixtisoslashgan agroklaster, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa er egalari uchun olma navlaridan yuqori hosil olishda qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda;
bog‘ qator oralarida chim-chirindi tizimini qo‘llash ishlanmasi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Ramazon” fermer xo‘jaligida 10,0 gektar va “Sarkor sahro” fermer xo‘jaligida 9,5 gektar maydonidagi 8-10 yoshli yarim pakana olma bog‘lariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 04 fevraldagi 02/029-434 son ma’lumotnomasi). Natijada har bir fermer xo‘jaligida olma bog‘larda o‘rtacha hosildorlik 20-24 s/ga ni, rentabellik ko‘rsatkichi 131-151 % ni tashkil etgan.
bog‘ qator oralarida chim-chirindi tizimini qo‘llash ishlanmasi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Oqtosh yashil bog‘lari” fermer xo‘jaligida 10,0 gektar maydondagi 8-10 yoshli yarim pakana olma bog‘lariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 04 fevraldagi 02/029-434 son ma’lumotnomasi). Natijada har bir fermer xo‘jaligida olma bog‘larda o‘rtacha hosildorlik 20-22 s/ga ni, rentabellik ko‘rsatkichi 133-141 % ni tashkil etgan.