Xolmirzaev Ilxomjon Xasanbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olma, nok va gilos mevalarining saqlanuvchanligini tabiiy polimerli preparatlar asosida takomillashtirish”, 06.01.11- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1225
Ilmiy rahbar: Abdullaev Faziljon Tursunovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Nurali Sheralievich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Olma, nok va gilos mevalarni saqlashda tabiiy xususiyatlariga salbiy ta’sir etmaydigan biologik faol, ekologik xavfsiz preparatlarning qo‘llanish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish nazariy va amaliy jixatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor olma (Malus domestica Borkh) ni himoya qobiq hosil qiluvchi xitozanning 0,1-0,2% li konsentratsiyasi va uning sirka kislotadagi hosilalarini 0,01% dan 0,25%gacha optimal konsentratsiyasi 1:1, 1:2 xamda 2:1 nisbatda tanlab olinganda yuqori natija berishi isbotlangan;
nok (Malus domestica Borkh) ni meva navlari xitozanning sirka kislotasi, qaxrabo kislotasi, glisirizin kislotasi asosida qobiq hosil qiluvchi polimer komplekslarni saqlashda qo’llash texnologiyalari yaratilgan;
gilos (Prunus avium) mevasi navlarini saqlash oldidan dastlabki ishlov berishning ekologik xavfsiz, biologik faol polimer xitozan va uning iste’molga yaraydigan organik kislotalar hosilalari yordamida yaratilgan FM1, FM2 preparatlar asosida yangi texnologiyasi ishlab chiqilgan;
mevalarni saqlashda kasallik qo’zg‘atuvchi mikroorganizmlarga xitozan 0,2% sirka kislotasi 0,2% 1:1 nisbati, xitozan 0,2% gilisirrizin kislotasi 0,01% 1:1 nisbatdagi eritma va komplekslarini antibakterisidlik xususiyati va ularga preparatlar ta’sir mexanizmining xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlashda biologik faol, ekologik xavfsiz tabiiy bio polimerdan xitozan va uning istemolbob organik kislotalar bilan hosil qilgan kompozisiyalari asosidagi preparatlar bilan ishlov berish texnologiyasi bo’yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
biologik faol ekologik xavfsiz tabiiy preparatlar ta’sirida olma, nok va gilos mevalarining saqlanuvchanligini oshirish ishlanmasi Samarqand viloyati Samarqand tumani “Samandar agro meva” fermer xo’jaligiga qarashli omborxonada 3 tonna gilos 3 oygacha; 6 tonna olma 14 oygacha; 2 tonna nok 12 oygacha, jami ushbu fermerda 11 tonna mahsulot, “Dovud” fermer xo’jaligiga qarashli omborxonada 2 tonna nok 14 oygacha, 3 tonna gilos 4 oygacha, 6 tonna olma 15 oygacha sifatli saqlashga joriy etilgan (Qishloq xo’jaligi vazirligining 2021 yil 27 martdagi №02/035-1260-sonli ma’lumotnomasi). Natijada saqlangan mevalar mavsumdan tashqari vaqtda realizatsiya qilish natijasida gilos mevasidan - 4 450 000 so’m, olma mevasidan - 10 374 000 so’m, nok mevalaridan – 2 594 000 so’m samaradorlikka erishilgan.
biologik faol ekologik xavfsiz tabiiy preparatlar ta’sirida olma, nok va gilos mevalarining saqlanuvchanligini oshirish ishlanmasi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Sharipov Qobil Qomiddinovich” fermer xo’jaligiga qarashli omborxonaga 5 tonna olma 13 oygacha va 2,5 tonna nok 12 oygacha jami 7,5 tonna mahsulot sifatli saqlashga joriy etilgan (Qishloq xo’jaligi vazirligining 2021 yil 27 martdagi №02/035-1260-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida nok mavalaridan 3 320 000 so’m samaradorlikka erishilgan. Shunda olma mevalaridan 57-58%, nok mevalaridan 65-66%, gilos mevalaridan esa 58% rentabellikka erishilgan.