Xandamova Dilnoza Kenjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Modifikatsiyalangan adsorbentlarda benzol va metanolni adsorbsiyalanish xossalari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/K469.
Ilmiy rahbar: Nurullaev Shavkat Payzievich, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Rovshan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: modifikatsiyalangan bentonit adsorbentlariga benzol va metanol bug‘larining adsorbsiyasi izotermalari, adsorbsiya izosterik issiqliklari hamda adsorbsiya mexanizmini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy PBG bentoniti asosida trimetil- va trietilammoniy kationlari bilan modifikatsiyalangan yangi gil adsorbentlari olinib, ularning tuzilishi zamonaviy IQ-spektroskopiya, differensial termik tahlil hamda rentgenografik usullari yordamida identifikatsiya qilingan;
modifikatsiyalangan adsorbentlarga metanol va benzolni adsorbsiyalanish izotermalari asosida adsorbentlarning kolloid-kimyoviy, struktura-adsorbsion xossalariga modifikatorlar ta’siri aniqlangan;
modifikatsiyalangan adsorbentlarga metanolni adsorbsiyalanishini differensial issiqligi to‘lqinsimon shaklda bo‘lishi isbotlangan;
modifikatsiyalangan adsorbentlarga benzolni adsorbsiyalanish differensial issiqligi maksimum qiymatlarida ion-molekulyar kopmlekslari hosil qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Modifikatsiyalangan adsorbentlarning adsorbsiyasini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
maxalliy xomashyolar asosida olingan mineral adsorbentlarning kolloid-kimyoviy va adsorbsion xossalari natijalari asosida “70710102-Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi” magistratura mutaxassisligi magistrantlari uchun “Adsorbentlar, adsorbsiya jarayonlari kinetikasi va termodinamikasi fanidan masalalar to‘plami” darsligi chop etilgan (17.03.2012 y., 106-495-son guvohnoma). Natijada, katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi magistratura mutaxassisligi talabalarining fizikaviy adsorbsiyalanish mexanizmlarini chuqur o‘zlashtirishi bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi imkonini bergan;
modifikatsiyalangan TMAB va TEAB adsorbentlari yordamida oqava suvlar tarkibidan temir, xrom, ammoniy va fosfat ionlarini tozalash usuli «ART GLOSS GALLERY» QQsida amaliyotga joriy etilgan («ART GLOSS GALLERY» OOO QKsining 2023 yil 9 sentyabrdagi 1-048-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlar tarkibidagi temir, xrom, ammoniy va fosfat ionlarini mos ravishda 86-97,8 % gacha tozalash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish