Mardiev O‘tkir Berdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Geoaxborot texnologiyalari asosida er osti suvlari monitoringi tizimini takomillashtirish», 04.00.04 - Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T186.
Ilmiy rahbar: Xabibullaev Ibroxim Xabibullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti huzuridagi DSc.24/30.12.2019.GM.96.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Botirjon Dadajonovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Miraxmedov Tolkun Djuraevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgidrogeologiya» DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: telekommunikatsiya va geoaxborot texnologiyalari asosida er osti suvlari monitoringi tizimini takomillashtirish hamda olingan rejim parametrlarini hisoblashning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
telekommunikatsiya va geoaxborot texnologiyalari integratsiyasi asosida er osti suvlarini rejim parametrlarini avtomatik o‘lchash qurilmalaridan olish va uzatishning uslubiy va texnologik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
er osti suvlarini avtomatlashtirilgan monitoringini yuritish texnologiyasi asosida yagona instrumental muhitga asoslangan monitoring tizimi yaratilgan;
er osti suvlari monitoring tizimining tezkor ma’lumotlar bazasini takomillashtirish natijasida ma’lumotlarni aniqlik darajasini oshirish, vaqt va mehnat resurslarini qisqartirish hamda iqtisodiy samaradorlikga erishish imkoniyati yaratilgan;
monitoring natijalari tahlilini ekstrapolyasiya qilish usuli yordamida er osti suvlari rejim parametrlarini baholash va natijalarni kafolatlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Geoaxborot texnologiyalari asosida er osti suvlari monitoringi tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
telekommunikatsiya va geoaxborot texnologiyalari integratsiyasi natijasida er osti suvlarining takomillashtirilgan rejim parametrlarini avtomatik o‘lchash, uzatishning uslubiyati va texnologiyasi “Toshkent gidrogeologiya stansiyasi” faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 20 fevraldagi 04-0229-son ma’lumotnomasi). Natijada, yagona instrumental muhitga asoslangan er osti suvlari monitoring tizimini yaratish imkonini bergan;
er osti suvlari monitoring tizimi tezkor axborot massivi “Toshkent gidrogeologiya stansiyasi” faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 20 fevraldagi 04-0229-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’lumotlarni aniqlik darajasini oshirish, vaqtni qisqarish, mehnat sarfini kamaytirish hamda iqtisodiy samaradorlikga erishishga imkon yaratgan;
monitoring natijalar tahlilini ekstrapolyasiya qilish usuli “Toshkent gidrogeologiya stansiyasi” faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 20 fevraldagi 04-0229-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidrogeologik ob’ektlarning rejim holatini baholash va olingan natijalarni kafolatlashga imkon yaratgan.