Axmurzaev Shavkat Isakovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuproqni mul`chalash usullari va muddatlarini g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri (Toshkent viloyati o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida)», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik. (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Qx222.

Ilmiy rahbar: Norqulov Usmon, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Tillaev Rixsivoy Shomaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mirzaev Lutfullo Aribjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyati o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida tuproqni mul`chalash usullari (polietilen plyonkalar, o‘simlik qoldiqlari, polimerlar) va muddatlarining g‘o‘zani o‘sishi, rivojlanishi va paxta hosildorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Toshkent viloyati o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida mul`chalash materiallarini (polietilen plyonka, o‘simlik qoldiqlari va polimerlar) chigitni ekish muddatlariga bog‘liq holda tuproqni agrofizikaviy va suv-fizik xossalariga ta’siri aniqlangan;

mul`chalash usullarining tuproqni agrokimyoviy xossalariga ta’siri aniqlangan;

mul`cha materiallarining chigitni unib chiqish tezligiga, g‘o‘zani o‘sishi va rivojlanishiga, quruq massa to‘plashi, paxta hosili va tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;

mul`cha materiallarini qo‘llashning paxta etishtirish samaradorligiga ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Toshkent viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida mul`chalash usullarini qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

tuproqni mul`chalashda qo‘llanilgan materiallarni maqbul muddatlari va turlarini aniqlash bo‘yicha «G‘o‘zani parvarishlashda mul`chalash usullaridan foydalanish agrotexnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 02/20-209-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma paxtachilik fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za etishtirishda tuproq yuzasini mul`chalashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;

mul`chalash usularini qo‘llash texnologiyalari 2012-2013 yillarda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi «Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv tajriba stansiyasi» paxta maydonlarida jami 43 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 02/20-209-son ma’lumotnomasi). Natijada shaffof plyonka bilan mul`chalash hisobiga ikki yilda o‘rtacha gektaridan 6,4 sentner, sholi qipig‘i bilan mul`chalangan maydonlarda 2,5 sentner, MT preparati qo‘llanilgan maydonlarda 4,8 sentner qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan;

mul`chalash usullaridan MT preparati va sholi qipig‘i «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti ilmiy o‘quv markazi» paxta maydonlarida jami 25 gektar maydoniga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 02/20-209-son ma’lumotnomasi). Natijada mul`chalash usullari g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir etib, oddiy usulga nisbatan qo‘shimcha 3,5-2,8 sentner paxta hosili olingan;

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi «Robiya agro» va «Axmad polvon Talab polvon» fermer xo‘jaliklarida jami 37 gektar maydonga mul`chalash usullari joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 02/20-209 son ma’lumotnomasi). Natijada mul`chalash usullari ta’sirida nihollar erta muddatlarda unib chiqib, g‘o‘zani o‘sishi, rivojlanishi maqbullashgan va shaffof plyonka bilan mul`chalangan maydonlardan gektaridan 4,5-4,9 sentner qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish