Salomov G‘ulom Yuldoshevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktablarining X-XI sinf o‘quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda o‘tkazish texnologiyasi”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4871.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Yusup Ganievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarining X-XI sinf o‘quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda o‘tkazish texnologiyasi asosida amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlarini tahliliy o‘rganib va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarining X-XI sinf o‘quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda o‘tkazish texnologiyasi o‘quvchilarning o‘quv va ta’lim-tarbiyaviy faoliyati mazmun-mohiyatini tahlil qilish hamda faoliyatga tayyorlashning xulosalay olish funksiyalariga mutanosib ravishda ijtimoiy fanlarni o‘zlashtirishning o‘quv-didaktik vositalari asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarining X-XI sinf o‘quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda o‘tkazish texnologiyasini takomillashtirishning metodik modeli maqsadli (ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar, vazifalar), jarayonli (invariant o‘tkazishning tarkibiy qismlari, mazmun, shakl, vosita va baholash mezonlari) hamda natijaviy komponentlari mazmunini aniqlashtirish asosida optimallashtirilgan;
umumta’lim maktablarining X-XI sinf o‘quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda o‘tkazish texnologiyasini rivojlantirishning mazmuni o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalari (bumerang, klaster, bahs-munozara va boshqalar)ni qo‘llash va dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish orqali takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarining X-XI sinf o‘quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda o‘tkazish texnologiyasini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-metodik ta’minot o‘quvchilarning texnik va texnologik imkoniyatlarini hisobga oluvchi hamda reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini aniqlovchi ijodkorlik xarakteridagi topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarining X-XI sinf o‘quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda o‘tkazish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
X-XI sinf o‘quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda o‘tkazish texnologiyasi o‘quvchilarning o‘quv va ta’lim-tarbiyaviy faoliyati mazmun-mohiyatini tahlil qilish hamda faoliyatga tayyorlashning xulosalay olish funksiyalariga mutanosib ravishda ijtimoiy fanlarni o‘zlashtirishning o‘quv-didaktik vositalari asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan Termiz davlat pedagogika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida 2019-2022-yillarda bajarilgan 574099-EPP-1-2019-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli PAWER – “Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2023-yil 16-maydagi 06/12-2093-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yondashuvlar X-XI sinf o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy tafakkurni rivojlantirishning sifat va samaradorligiga erishilgan;
X-XI sinf o‘quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda o‘tkazish texnologiyasini takomillashtirishning metodik modeli maqsadli (ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar, vazifalar), jarayonli (invariant o‘tkazishning tarkibiy qismlari, mazmun, shakl, vosita va baholash mezonlari) hamda natijaviy komponentlari mazmunini aniqlashtirish asosida optimallashtirishga oid tavsiyalardan Termiz davlat pedagogika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida 2020-2023-yillarda bajarilgan 574099-EPP-1-2019-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli PAWER – “Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2023-yil 16-maydagi 06/12-2093-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalardan X-XI sinf o‘quvchilariga sinf soatlarini invariant o‘tkazish jarayoni mazmunini modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan;
umumta’lim maktablarining X-XI sinf o‘quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda o‘tkazish texnologiyasini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-metodik ta’minot o‘quvchilarning texnik va texnologik imkoniyatlarini hisobga oluvchi hamda reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini aniqlovchi ijodkorlik xarakteridagi topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ta’lim markazi faoliyatida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ta’lim markazining 2023-yil 23-maydagi 01/11-01/10-421-son ma’lumotnomasi). Natijada, X-XI sinf o‘quvchilariga sinf soatlarini invariant usulda o‘qitish asosida o‘quvchilarda hayotiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasi samaradorligining ortishiga erishilgan.