Axmedjonov Norpulat Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda XX asr o‘rtalari va XXI asr boshlarida madaniy meros obektlari va muzeylar tarixi (Jizzax viloyati misolida)», 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1282.
Ilmiy rahbar: Ismailov Alisher Fayzievich, tarix fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, PhD.02/09.07.2020.Tar.120.01.
Rasmiy opponentlar: Xoliqova Rahbar Ergashevna, tarix fanlar doktori, professor; Muxamedova Munisa Sobirovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda XX asr o‘rtalari va XXI asr boshlarida (2022) madaniy meros obektlarini saqlash va muzeylar tarixini Jizzax viloyati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublika moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari Milliy ro‘yxati  Jizzax viloyatidagi (427 ta, 2019-y.) Hammom (Jizzax sh.), To‘rtko‘lto‘batepa, Toshbuloq (Zomin t.), Ko‘kgumbaztepa, Bolg‘alitepa, Katta Mulkushtepa, Kichik Mulkushtepa, Zartepa, Jalmantepa (G‘allaorol t.) arxeologiya yodgorliklarini kiritish (436 ta, 2022-y.) hisobiga kengaytirilgan;
Jizzax viloyatidagi yodgorliklar davriy jihatdan mil. avv. XII asrlardan to XX asr boshlarigacha arxeologik, IX asrdan XX asrgacha arxitektura, XX asr oxirlaridan va 2017-yilgacha bo‘lgan monumental sanʼat yodgorliklariga ajralishi, ulardan 33 tasida «Nomsiztepa» bo‘lib, tizimli va statsionar arxeologik tadqiqotlar to‘liq o‘tkazilmaganligi ochib berilgan;
Jizzax viloyatidagi muzeylar idoraviy bo‘ysinuvi tadrijida Madaniyat va sport ishlari vazirligida(1986-y.) - «Xalq va jamoat»,  «O‘lkashunoslik», «Memorial», «Shon-shuhrat»; Xalq ta’limi vazirligida (1998-y.) - «Maktab tarixi»; Prokuratura tizimida (2006-y.) -  «Prokuratura tarixi»;  Ichki ishlar vazirligi tizimida (2007-y.) «Ichki ishlar boshqarmasi»; Oliy ta’lim vazirligi tuzilmasiga (2018-y.) - «Qatag‘on qurbonlari xotirasi»; Turizm va madaniy meros vazirligi (2022-y.) -  «O‘lkashunoslik», «Davlat», «Xalq ijodiyoti»; Madaniy meros agentligida (2023-y.) -«Tarix va madaniyat» «Kosmonavtika» muzeyi kabi sohalarga yoʻnaltirilganligi hamda ularning soni 17 taga etganligi dalillangan;
Jizzax viloyatidagi arxeologiya yodgorliklarini tepalik (Jizzax shahrida Qaliyatepa), qo‘rg‘on (Zomin tumanida Qo‘rg‘on), qoyatosh rasmlari (Sh.Rashidov tumanidagi «Oq oltin» MFY, Sayhonsoy qishlog‘i yaqinidagi Sayhontosh rasmlari) kabi yoʻnalishlarda muzeylashtirish turizm marshrutlarini diversifikatsiya qilishi hamda sayyohlik jozibadorligini kengaytirishning muhim omili ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jizzax viloyatidagi madaniy meros obektlari va muzeylari bo‘yicha tadqiqot olib borish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Jizzax viloyatidagi arxeologik qazuv ishlari tarixini o‘rganish orqali moddiy madaniy merosning Jizzax shahridagi – Hammom, Zomin tumanidagi - To‘rtko‘lto‘batepa, Toshbuloq, G‘allaorol tumanidagi Ko‘kgumbaztepa, Bolg‘alitepa, Katta Mulkushtepa, Kichik Mulkushtepa, Zartepa, Jalmantepa yodgorliklari bo‘yicha materiallardan Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiya bo‘limlari faoliyatini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy Meros agentligining 2023-yil 20-iyundagi 04-06/2045-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi tarixiy-madaniy yodgorliklar tarixini o‘rganishga, yosh avlodni madaniy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga yordam bermoqda;
Jizzax viloyatidagi yodgorliklar davriy jihatdan mil. avv. XII asrlardan to XX asr boshlarigacha arxeologik, IX asrdan  XX asrgacha arxitektura, XX asr oxirlaridan va 2017-yilgacha bo‘lgan monumental san’at yodgorliklariga oid manbalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 21-iyuldagi 02-30-1119-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natija madaniy yodgorliklarni asrab avaylash, shunindek muzeyga tashrif buyuruvchilarning boy tariximizga bo‘lgan qiziqishning ortishiga xizmat qilmoqda.
Jizzax viloyatidagi muzeylar idoraviy bo‘ysinuvi tadrijida Madaniyat va sport ishlari vazirligida(1986-y.) «Xalq va jamoat»,  «O‘lkashunoslik», «Memorial», «Shon-shuhrat»; Xalq ta’limi vazirligida (1998-y.) «Maktab tarixi»; Prokuratura tizimida (2006-y.)  «Prokuratura tarixi»;  Ichki ishlar vazirligi tizimida (2007-y.) «Ichki ishlar boshqarmasi»; Oliy ta’lim vazirligi tuzilmasiga (2018-y.) «Qatag‘on qurbonlari xotirasi»; Turizm va madaniy meros vazirligi (2022-y.), «O‘lkashunoslik», «Davlat», «Xalq ijodiyoti»; Madaniy meros agentligida (2023-y.) «Tarix va madaniyat» «Kosmonavtika» muzeyi kabi sohalarga yoʻnaltirilganligi hamda ularning soni 17 taga etganligiga oid ma’lumotlardan Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy Meros agentligining 2023-yil 20-iyundagi 04-06/2045-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar faktik materiallar va muzey ekspozisiyasini takomillashtirish, mazmun mohiyatini ilmiy boyitishga xizmat qilgan;
Jizzax viloyatidagi arxeologiya yodgorliklarini tepalik (Jizzax shahrida Qaliyatepa), qo‘rg‘on (Zomin tumanida Qo‘rg‘on), qoyatosh rasmlari (Sh.Rashidov tumanidagi «Oq oltin» MFY, Sayhonsoy qishlog‘i yaqinidagi Sayhontosh rasmlari) kabi yoʻnalishlarda muzeylashtirish turizm marshrutlarini diversifikatsiya qilishi hamda sayyohlik jozibadorligini kengaytirish bo‘yicha materiallardan  O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 21-iyuldagi 02-30-1119-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar Jizzax viloyatidagi madaniy meros obektlari bo‘yicha bilim va fikrlarni kengaytirishda xizmat qilgan.

 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish