Rahmonov Husanboy Abjalil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Omon Matjon she’riy matnlarining assotsiativ strukturasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil.3296.
Ilmiy rahbar: Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.l32.01.
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Ganieva Dildora Azizovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Omon Matjon she’riy asarlarining assotsiativ strukturasini tekshirish va shu asosda uning she’rlarida qo‘llangan assotsiativ birliklarning hosil bo‘lish omillarini aniqlash, shoirning matn yaratishda assotsiativ birliklardan foydalanish mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
olamning badiiy manzarasini yaratishda assotsiativ birliklarning matnning “tayanch birliklar”i vazifasini o‘tashi asoslangan;
assotsiativ birliklarning ijodkor shaxsiga xos xususiyatlar, xususan, uning lisoniy qobiliyati, olam haqidagi bilim va tasavvurlari, ruhiy kechinmalari, voqelikka bo‘lgan munosabati kabilarni aks ettirishi ochib berilgan;
Omon Matjonning she’rlarida qo‘llangan assotsiativ birliklarning xususiyatlari ochib berilgan, ularning lingvistik va ekstralingvistik omillarga ko‘ra hosil bo‘lishi dalillangan;
shoir she’rlarida til birliklari orasida to‘g‘ridan to‘g‘ri, bog‘li va aralash turdagi assotsiativ aloqa turlari kuzatilishi aniqlangan;
Omon Matjon she’rlarida rang assotsiatsiyasining voqelanishi ochib berilgan, uning she’rlarida oq va qora ranglari bo‘yicha yuzaga kelgan assotsiativ birliklarning milliy-madaniy qadriyatlar bilan bog‘lanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Omon Matjon she’rlarining assotsiativ strukturasi tadqiqi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
olamning badiiy manzarasini yaratishda assotsiativ birliklarning matnning “tayanch birliklar”i vazifasini o‘tashi asoslanganligi assotsiativ birliklarning ijodkor shaxsiga xos xususiyatlar, xususan, uning lisoniy qobiliyati, olam haqidagi bilim va tasavvurlari, ruhiy kechinmalari, voqelikka bo‘lgan munosabati kabilarni aks ettirishi ochib berilgan masalasi bo‘yicha chiqarilgan xulosalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2020-yildagi 314/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Omon Matjonning she’rlarida qo‘llangan assotsiativ birliklarning xususiyatlari ochib berilgan, ularning lingvistik va ekstralingvistik omillarga ko‘ra hosil bo‘lishi dalillanganligi hamda shoir she’rlarida til birliklari orasida to‘g‘ridan to‘g‘ri, bog‘li va aralash turdagi assotsiativ aloqa turlari kuzatilishi aniqlangan masalasiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2020-2022- yillarda bajarilgan FA-F1-GOOZ raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yildagi 17.01/201-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Omon Matjon she’rlarida rang assotsiatsiyasining voqelanishi ochib berilgan, uning she’rlarida oq va qora ranglari bo‘yicha yuzaga kelgan assotsiativ birliklarning milliy-madaniy qadriyatlar bilan bog‘lanishi asoslangan masalasi bo‘yicha chiqarilgan xulosalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2020-yildagi 314/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan.