Ibragimov Najib Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv-ko‘ngilochar sog‘lomlashtirish muassasalarining arxitekturaviy rejalashtirish echimlarini tadqiq etish va ishlab chiqish”, 18.00.02 – Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/A108.
Ilmiy rahbar: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, PhD.26/26.01.2023.A.109.05.
Rasmiy opponentlar: Salimov Arifdjan Muslimovich, arxitektura fanlari doktori, Xudoyorova Mavluda Baxrievna, arxitektura fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zshaharsozlik LITI DUK Toshkent shahri.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi suv-ko‘ngilochar sog‘lomlashtirish muassasalari arxitekturasini shakllantirish asoslarini aniqlash, ularning tipologiyasini va arxitekturaviy-funksional rejalashtirish echimlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Suv-ko‘ngilochar sog‘lomlashtirish muassasasi” tushunchasiga aniqlik kiritilib “SPA” atamasining mahalliy analogi - “SuvKSM” taklif etilgan va ularning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
SuvKSMlarni alohida bino sifatida joylashtirish va mavjud imoratlar tarkibiga biriktirishda ko‘p funksiyali SuvKSMlarning hajmiy-rejaviy echimi, joylashish xususiyati, xonalar guruhi kabi loyihalash talablari shakllantirilib, SuvKSMni arxitekturaviy rejalashtirishning kichik, o‘rta va katta sig‘imli sxemalari hamda funksional zonalarining maydonlari, bir vaqtda va bir sutkada xizmat ko‘rsatish quvvati kabi parametrlari ishlab chiqilgan;
suv-ko‘ngilochar sog‘lomlashtirish muassasalarning funksional vazifasi, shahar muhitida joylashishi, imoratlar tarkibida yoki alohida joylashishi, foydalaniladigan suvning turi, hajmiy-rejaviy tashkil etilishi, sig‘imi kabi tipologik xususiyatlari aniqlangan;
suv-ko‘ngilochar sog‘lomlashtirish muassasalarini arxitekturaviy-rejaviy tashkil etishda suvdan foydalanish, namunaviy modul asosida SuvKSM rejaviy tuzilmasini shakllantirish, arxitekturaviy va hajimiy-rejaviy tashkil etishning bino sig‘imiga hamda shahar muhitida joylashishiga bog‘liqligi, funksional maqsadi va joylashgan joyning o‘zaro bog‘liqligi, mavjud jamoat muassasalariga biriktirish, uchastka tanlashda tabiiy shifobaxsh resurslarning ustuvorligi tamoyillari shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. SuvKSMlarining arxitekturaviy rejalashtirish echimlarini tadqiq etish va ishlab chiqish mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Suv-ko‘ngilochar sog‘lomlashtirish muassasasi” tushunchasiga aniqlik kiritilib “SPA” atamasining mahalliy analogi - “SuvKSM” taklif etilgan va ularning o‘zaro bog‘liqligi aniqlanganligi yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 09-06/10670-son ma’lumotnomasi). Natijada Oʻzbekiston me'moriy loyihalash va qurilish amaliyotida suv-koʻngilochar sogʻlomlashtirish muassasalarini yaratishda ilmiy-nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
SuvKSMlarni alohida bino sifatida joylashtirish va mavjud imoratlar tarkibiga biriktirishda ko‘p funksiyali SuvKSMlarning hajmiy-rejaviy echimi, joylashish xususiyati, xonalar guruhi kabi loyihalash talablari shakllantirilib, SuvKSMni arxitekturaviy rejalashtirishning kichik, o‘rta va katta sig‘imli sxemalari hamda funksional zonalarining maydonlari, bir vaqtda va bir sutkada xizmat ko‘rsatish quvvati kabi parametrlari ishlab chiqilganligi yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 09-06/10670-son ma’lumotnomasi). Natijada SuvKSMlarini me’moriy shaharsozlik loyihalash amaliyotida shakllantirish va amalga kiritish yuzasidan ushbu muassasalarni me’moriy-rejaviy, funksiyaviy, hajmiy-fazoviy va kompozisiyaviy echimlarini me’yorlashtirish imkoniyatlari yaratilgan;
suv-ko‘ngilochar sog‘lomlashtirish muassasalarning funksional vazifasi, shahar muhitida joylashishi, imoratlar tarkibida yoki alohida joylashishi, foydalaniladigan suvning turi, hajmiy-rejaviy tashkil etilishi, sig‘imi kabi tipologik xususiyatlari aniqlanganligi yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 09-06/10670-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi hozirgi davrning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish, mazkur sohalarda yangi sahifalarni ochib berish imkonini bergan;
SuvKSMlarini arxitekturaviy-rejaviy tashkil etishda suvdan foydalanish, namunaviy modul asosida SuvKSM rejaviy tuzilmasini shakllantirish, arxitektura¬viy va hajimiy-rejaviy tashkil etishning bino sig‘imiga hamda shahar muhitida joylashishiga bog‘liqligi, funksional maqsadi va joylashgan joyning o‘zaro bog‘liqligi, mavjud jamoat muassasalariga biriktirish, uchastka tanlashda tabiiy shifobaxsh resurslarning ustuvorligi tamoyillari shakllantirilganligi yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 09-06/10670-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda suv-ko‘ngilochar sog‘lomlashtirish muassasalarini me’moriy shaharsozlik loyihalash amaliyotida shakllantirish bo‘yicha aniq tavsiyalarga ega bo‘lish imkoniyatlari yaratilgan.