Babajanov Javohir Fayzulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqada kichik biznesni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3392
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdurashid Madjitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshimbetov O‘ktamjon Kudayberganovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada kichik biznesni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kambag‘allikni birinchi (Urganch shahri 2022-yilda 17,4 foizdan 2023-yilda 12,1 foizgacha), ikkinchi (Bog‘ot 19,6 foizdan 14,1 foizgacha), uchinchi (Gurlan 23,3 foizdan 16,9 foizgacha, Tuproqqal’a 18,1 foizdan 13,0 foizgacha, Urganch 26,5 foizdan 19,5 foizgacha, Hazorasp 14,3 foizdan 10,3 foizgacha, Xiva shahri 9,8 foizdan 7,2 foizgacha, Xonqa 14,5 foizdan 10,5 foizgacha), to‘rtinchi (Qo‘shko‘pir 20,3 foizdan 14,7 foizgacha, Xiva 20,3 foizdan 14,7 foizgacha, Yangibozor 25,4 foizdan 18,3 foizgacha) va beshinchi (Yangiariq 21,6 foizdan 15,6 foizgacha) toifalardagi tumanlar kesimida qisqartirishni konseptual yondashuvlari taklif etilgan;
mintaqada kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha davlat, tarmoq, hududiy dasturlarini ishlab chiqish, ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, mahalliy tashabbuskorlikni yaxshilash asosida kambag‘allikni qisqartirish modellari ishlab chiqilgan;
mintaqada kichik biznesni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish dasturida strategik zonalar (Tuproqqal’a, Hazorasp, Gurlan, Qo‘shko‘pir), kovorking markazlari (Urganch shahri, Xiva shahri, Urganch, Xiva) va mahallalarni ixtisoslashuvi (Yangiariq, Yangibozor, Shovot, Xonqa, Bog‘ot) asosida mikromarkazlarni tashkil qilish taklifi asoslangan;
Xorazm viloyatida ko‘p omilli ekonometrik modellar tuzish hisobiga yalpi hududiy mahsulotni o‘sish darajasi, kambag‘allikni qisqartirish ko‘rsatkichlarini 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada kichik biznesni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kambag‘allikni birinchi (Urganch shahri 2022-yilda 17,4 foizdan 2023-yilda 12,1 foizgacha), ikkinchi (Bog‘ot 19,6 foizdan 14,1 foizgacha), uchinchi (Gurlan 23,3 foizdan 16,9 foizgacha, Tuproqqal’a 18,1 foizdan 13,0 foizgacha, Urganch 26,5 foizdan 19,5 foizgacha, Hazorasp 14,3 foizdan 10,3 foizgacha, Xiva shahri 9,8 foizdan 7,2 foizgacha, Xonqa 14,5 foizdan 10,5 foizgacha), to‘rtinchi (Qo‘shko‘pir 20,3 foizdan 14,7 foizgacha, Xiva 20,3 foizdan 14,7 foizgacha, Yangibozor 25,4 foizdan 18,3 foizgacha) va beshinchi (Yangiariq 21,6 foizdan 15,6 foizgacha) toifalardagi tumanlar kesimida qisqartirishni konseptual yondashuvlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligining 2023-yil 26-iyundagi “Viloyatda kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 207-12-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2023-yil 07-noyabrdagi 7-3595-son ma’lumotnomasi). Natijada, shahar va tumanlarda kambag‘allikni qisqartirishga erishilib, ushbu hududlarni yuqori toifaga o‘tkazish imkoniyatlari asoslangan;
mintaqada kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha davlat, tarmoq, hududiy dasturlarini ishlab chiqish, ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, mahalliy tashabbuskorlikni yaxshilash asosida kambag‘allikni qisqartirish modellari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 4-fevraldagi “Xorazm viloyatida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 37-12-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2023-yil 07-noyabrdagi 7-3595-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi viloyatining 2023-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 6,2 trln, so‘mlik 528 ta investision loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini bergan;
mintaqada kichik biznesni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish dasturida strategik zonalar (Tuproqqal’a, Hazorasp, Gurlan, Qo‘shko‘pir), kovorking markazlari (Urganch shahri, Xiva shahri, Urganch, Xiva) va mahallalarni ixtisoslashuvi (Yangiariq, Yangibozor, Shovot, Xonqa, Bog‘ot) asosida mikromarkazlarni tashkil qilish bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 5-maydagi “Xorazm viloyatida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida ”gi 146-12-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2023-yil 07-noyabrdagi 7-3595- son ma’lumotnomasi). Natijada, “Temir daftar”ga kiritilgan 80,4 ming nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan, 75,8 ming nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 66,6 ming nafar fuqaro daftarlardan chiqarildi;
Xorazm viloyatida ko‘p omilli ekonometrik modellarni tuzish hisobiga yalpi hududiy mahsulotini o‘sish darajasi, kambag‘allikni qisqartirish ko‘rsatkichlarini 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 58-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2023-yil 07-noyabrdagi 7-3595-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2027-yilga kelib, YaHM hajmi 1,4 barobarga oshganligi va kambag‘allik darajasi 50 foizga kamayishi prognoz qilinib, Xorazm viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini oldindan aniqlash va samarali rejalashtirish imkoni yaratilgan.