Kuranboev Ulugbek Kuchkarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jin va linter mashinalari uchun yuqori samarali arraga tish ochish dastgohini ishlab chiqish”, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika i robototexnika tizimlari” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.3.PhD/T2389.
Ilmiy rahbar: Madraximov Dilshodbek Usupjonovich, Texnika fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Davlat Mustafoevich, texnika fanlari doktori, professor, Korabel`nikova Tat`yana Nikolaevna “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Ishning maqsadi– arraga tish ochish dastgohlarining texnologik jarayonlari samaradorligini oshirish, paxtani qayta ishlash mashinalarining arra disklarini ishlab chiqarish uchun ishlab chiqilgan tish ochish dastgohining asosiy parametrlarini asoslash uchun nazariy va eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jin va linter uskunalari arralariga yangi konstruksiyali soddalashtirilgan tish ochish dastgohi ishlab chiqilgan;
instrumental po‘latlarning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini analitik o‘rganish usuli bilan R9 rusumli qimmatbaxo instrumental po‘latning o‘rniga XVSG markali po‘latdan puanson va matrisani tayyorlab ishlab chiqarishda foydalanish aniqlangan;
tish ochish dastgohlarida arra tishlarini ochishda yuzaga keladigan kuchlarning nazariy bog‘liqlik tenglamalari keltirib chiqarildi, "puanson-matrisa" asboblar tizimida metalga ishlov berish jarayonida shaklining o‘zgarish xususiyatlari o‘rganildi hamda arra tishlarini ochish jarayonining harorat-kuch taranglik darajasi aniqlangan;
jin va linterlar arralariga yangi tish ochish dastgohining asosiy parametrlari, ish rejimlari, xarakatni uzatish kinematik sxemalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arraga tish ochish dastgohining konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
arraga tish ochish dastgohining ishlab chiqilgan tajriba namunasi Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Boyovut techno cluster” MChJ tizimidagi paxta tozalash korxonasining arra tayyorlash sexiga joriy etilgan. (Paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2023 yil 07 avgustdagi №02/22-528-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi konstruksiyadagi dastgohni mavjud SPX rusumli arraga tish ochish dastgohi bilan taqqoslaganda, jin va linter uskunalarining arra disklariga tish ochish bo‘yicha ish unumdorligini 20-30% ga oshishiga xamda ishchilarning ish sharoitlari yaxshilanishiga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish