Pardaev Bahrom Chorievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining samaradorligini oshirish uchun qoziqli barabanini takomillashtirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3715
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: "Paxtasanoat ilmiy markazi" aksiyadorlik jamiyati
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Ilmiy rahbar: Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Sulaymov Rustam Shennikovich texnika fanlari doktori, professor, Tuychiev Timur Ortikovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta xom ashyosini mayda iflosliklardan tozalash samaradorligini va ish unumdorligini oshirish uchun qoziqli baraban konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani mayda iflosliklardan tozalashda qoziqli barabanlarning qoplamasi shaklini ko‘p qirrali ko‘rinishda, paxtani kirish tomoniga qarab diametrlarini kichiklashtirish bilan titish zonasini kattalashtiruvchi takomillashtirilgan uskuna ishlab chiqilgan;
mayda iflosliklardan tozalashda har bir qoziqchali barabandagi paxta oqimidan bir hil tozalash samaradorligiga erishishda qoziqchalar bilan to‘rli yuza orasidagi masofaga, burchak tezliklariga, har bir qoziqchalar va to‘rli yuza orasidan oqib o‘tuvchi paxta massasiga bog‘liqlik tenglamasi to‘rli yuza uzunligi bo‘ylab ta’sir etuvchi tashqi kuchlar natijasida aniqlangan;
paxta oqimining tezligiga va turli uzunlikdagi qoziqchalar bilan to‘rli yuza orasidagi masofalarga va qamrash burchagiga bog‘liqlik tenglamasi qoziqchalar zarbalari natijasida oqim φ = φi-1 da v=vn tezlikga o‘zgarishida har bir qoziqchali barabandan o‘tuvchi paxta oqimi uchun aniqlangan;
ko‘p omilli tajribalar natijalarini kompyuter amaliy programmalaridan foydalanilgan holda, dastlabki ishlash natijasida Fisher kriteriyasi bo‘yicha barcha chiqish parametrlarini etarli darajada tavsiflovchi regressiya tenglamalari olindi va qoziqli barabanlarning aylanishlar soni, birinchi qoziqli baraban qoplama diametri va birinchi baraban qoplama diametriga nisbatan ikkinchi va uchinchi barabanlar qoplama diametrlarining kattalashib borishi kabi ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani iflosliklardan tozalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy ishlar natijalari asosida:
paxtani mayda iflosliklardan tozalash uskunasi Surxondaryo viloyati, Denov tekstil klaster MChJ ga tegishli «Sariosiyo paxta qabul qilish va qayta ishlash bo‘limi» paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan ( Paxta to‘qimachilik klasterlari uyushmasi 2023 yil 04 iyuldagi №02/22-454 sonli ma’lumotnomasi). Natijada amaldagi tozalagichda tozalash samaradorlik 81,2% ni tashkil etsa, taklif etilgan tozalagichda 87,9% ni ko‘rsatda, bundan amaldagisiga nisbatan tozalash samaradorligi 6,7% ga yuqori ekanligi aniqlandi va ishlab chiqarilgan tola mahsulotining sifatini 0,1% ga yaxshilanishga erishilgan.