Sadriddinov Akmal Abdullo o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qog‘oz massa komponentlarini xususiyatlarining bosma sifatini oshirishga ta’siri” 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizmlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3678
Ilmiy rahbar: Babaxanova Xalima Abishevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Sipaylo Sergey Vladimirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qog‘oz massasi komponentlari xususiyatlarini o‘rganish asosida bosma sifatini oshirishiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tut daraxti novdasi po‘stlog‘ining ichki qatlami sellyulozasidan va gilos daraxti qatronidan olingan elimlovchi moddani turlicha nisbatlarda qo‘shish hisobiga qog‘oz olish texnologiyasi takomillashtirilgan;
tut daraxti novdasi po‘stlog‘ining ichki qatlami sellyulozasidan olingan qog‘ozning yuzasi bosma bo‘yoqni “tanlanma” shimilishini va mustahkamlanishini ta’minlash uchun gilos daraxti qatronidan elimlovchi modda olish usuli ishlab chiqilgan;
tut daraxti novdasi po‘stlog‘ining ichki qatlami sellyulozasidan olingan qog‘ozda bosma sifatini ta’minlash uchun qog‘oz massa komponentlarining xususiyatlari asosida ratsional miqdori aniqlangan;
tut daraxti novdasi po‘stlog‘ining ichki qatlami sellyulozasidan olingan qog‘ozlarning xossalari va bosma sifati orasidagi o‘zaro bog‘liqlik to‘la faktorli rejalashtirish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tut daraxti novdasi po‘stlog‘ining ichki qatlami sellyulozasidan tayyorlangan qogoz yuzasi bosma bo‘yoqni «tanlanma» shilishini va mustahkamligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gilos daraxti qatronidan elim olish usuliga Belorussya Respublikasi intelektual mulq agentligining ixtiro patenti olingan (BY №24087). Natijada mahalliy xomashyodan olingan qogozning yuza xossalarini yahshilanganligi tufayli bosma sifatini oshirish imkoniyati yaratilgan;
«MISS SAMINAXON TEKSTIL» MChJ XK hamda «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2023 yil 3 maydagi 06-2223-son ma’lumotnomasi). Ofset bosma sifatini baholash uchun ko‘p bo‘yoqli nusxalarning optik, gradatsion va rang tavsifnomalari majmuaviy o‘rganildi. Tut daraxti novdasi po‘stlog‘ining ichki qatlami sellyulozasidan tayyorlangan, gilos daraxti qatronidan olingan elim bilan elimlangan qog‘oz olishning takomillashtirilgan texnologiyasini joriy qilish natijasida respublikada qog‘oz ishlab chiqarish hajmini 4-6% oshirishga imkoniyat yaratadi.